IT Park GoToAsia.Market bilan hamkorlikda pandemiya sharoitidagi innovatsiyalar haqida onlayn anjuman oʻtkazadi!
30.04.2020
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

IT Park Uzbekistan GoToAsia.Market bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda pandemiya oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha korporatsiyalar, biznes va davlat organlari uchun innovatsiyalarga doir onlayn anjuman oʻtkazadi. Shuningdek, u investorlar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari vakillari uchun ham foydali boʻladi: anjumandan keyin aloqa maʼlumotlarini almashish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olish mumkin.

GTAM Alliance – “IT-ASIA” MChJ (Toshkent), “IT-V” (Moskva) , “Global Care League” MChSh (Almati) asosida 2019-yilda tashkil etilgan loyihadir. Tashkilotning asosiy maqsadi CIS, MENA va Indiq bozorida innovatsion texnologiyalarni (innovatsiyalarni uzatish) targʻib qilishdir.

Hozirda asosiy eʼtibor davlat va biznes buyurtmachilari, shuningdek, texnologik-innovatsion loyihalar manfaatlari yoʻlida Rossiya va Oʻzbekistondagi faoliyatga qaratilmoqda.

Onlayn anjuman 2020-yil 5-may kuni, Moskva vaqti bilan soat 11:00, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 boshlanadi.

GTAM alliance, shuningdek: cda (Create, develope, achieve), ICT News, Tochka kipeniya kabi kompaniyalar bizning bosh hamkorlarimizdir.

Spikerlarimiz: Rossiya, Oʻzbekiston va Qozogʻistondagi startaplar vakillari, shuningdek, Covid-19 Challenge 2020 dasturining finalchilari.

Onlayn anjuman 4 ta mavzuda boʻlib oʻtadi:

— Tibbiyotdagi texnologiyalar

— Onlayn taʼlim

— Masofaviy ish

— B2B va B2G yechimlar

Ekspertlar:

— IT Park direktori – Farhod Ibragimov

— Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori – Shahlo Turdiqulova

— DXH boʻyicha sertifikatli xalqaro trener – Remir Mukumov

— ITTJ akseleratorining yetakchi trekeri – Vasiliy Borisov

— IT tadbirkor, GoToAsia.Market (GTAM) hammuassisi – Dmitriy Dvoynikov

— GTAM hammuassisi, innovatsiyalar eksporti boʻyicha mutaxassis – Aleksey Melnik

— Microcredit Bank boshqaruv kengashi raisining maslahatchisi, fintex va blockchain boʻyicha mutaxassis – Viktor Nasochevskiy

— Cda.vc shahar raqamli akseleratori rahbari – Аndrey Myaskov

Anjuman dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: ochilish marosimi, loyihalar taqdimoti va ekspertlar va mehmonlarning fikr-mulohazalari.

Izoh:

Agar siz startapchi boʻlsangiz va ushbu onlayn anjumanda maʻruza qilishni istasangiz, quyidagi havolalar orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Anjuman haqida batafsil maʼlumot: https://gotoasia.market/online-conference-covid

Roʻyxatdan oʻtish: https://gotoasia.market/online-conference-covid#form

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq