Yandex O’zbekistonda o’z xizmatlariga yagona obuna — Yandex.Plus ni yo’lga qo’ydi
29.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yandex O’zbekistonda o’z xizmatlariga obuna — Yandex.Plus ni yo’lga qo’ydi. Obuna bo’yicha 5000 dan ortiq film va seriallar, 60 milliondan ziyod musiqaviy trek va podkastlar mavjud.

Bundan tashqari, har bir obunachi Yandex.Diskda qo’shimcha joy va taksi xizmatida chegirmaga ega bo’ladi. Film va seriallarni onlayn-kinoteatr KinoPoisk HD ko’rsatadi. Obunachilar uchun Marvel va DC olamidagi tasmalar, “So’ngi vazir” va “Anna Nikolayevna” Loyihasi ekyuziv premyeralari, kinotarqatish xitlari, klassik komediyalar, multfilmlar va ko’pgina boshqa narsalar mavjud.

Yandex.Music obuna bo’lishda, treklarni yuqori sifatda tinglash va ular internetsiz tinglah uchun, telefonga yuklab olish imkoniyatini beradi. Xizmat nafaqat musiqani taklif etadi: katalogda podkast, ertak, audio spektakllar mavjud.

“O’zbekiston aholisi ikki yildan buyon bizda musiqani tinglashmoqda, — deydi Yandex.Music ning xalqaro rivojlanish rahbari Amir Bektemirov. — Bizda O’zbekistonda yashovchi musiqiy muharririmiz bor, katalogda mamlakatning mashhur ijrochilari ko’p.

Bugun biz bizning foydalanuvchilarimizni hursand qilamiz: musiqaga oldingi obuna bahosida kinoni qo’shamiz. Xuddi shu pul evaziga odamlar bir qator imtiyozlarga ega bo’lishadi”.

Kino va musiqadan tashqari, obunachilar quyidagilarga ega bo’lishadi:

— Yandex.Taksida “Qulay” va “Biznes” tariflari bo’yicha doimiy 10% chegirmaga — u harakatlanish cheklovlari yechilishi bilan amal qilishni boshlaydi;

— Yandex.Disk da qo’shimcha 10 gigabayt va istalgan tarifda joy xarid qilishga 30% chegirma.

Yandex.Music obunachilari allaqachon Plusda — ular unga avtomat ravishda ega bo’lishdi. Qolganlar esa Yandex.Plusni istalgan vaqt rasmiylashtirishlari mumkin. Birinchi uch oy obuna 599 so’m, keyinchalik oyiga — 15 999 so’m. Obuna to’lovini UzCard kartasi yordamida amalga oshirish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq