O‘zbekiston Respublikasi milliy .UZ domenining 25 yilligi!
29.04.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

.UZ domeni Internetning o‘zbek segmenti hisoblanib, uni turlicha ataydilar va har xil munosabatda bo‘ladilar. Ayni paytda milliy domen alohida ahamiyatga ega. Rasmiy nomi – “.UZ – O‘zbekiston Respublikasining yuqori darajadagi milliy domeni”.

1995-yilda respublika Internet tarmog‘ining o‘zbek segmentidagi jarayonlarni mustaqil boshqarish va egalik qilish bo‘yicha ICANN (domen nomlari va IP – manzillarni boshqarish bo‘yicha xalqaro notijorat tashkilot)dan tasdiq oldi. Hukumat qiyin paytlarda fuqarolik jamiyati kabi Internet makonda ham qonunlarga rioya qilinishi muhim ahamiyat kasb etishini belgiladi. Albatta, o‘sha paytlarda “ishonchli boshqaruv” evaziga sarmoya va tezkor rivojlanishni va’da qiluvchi soxta mutaxassis va “do‘stlar” ham bor edi. Biroq hukumat o‘z kuchi bilan suverenitet, virtual makon va ushbu segmentni rivojlanishiga ishonch bildirdi.

Bugungi kunda davlat idoralarining rasmiy veb-saytlari mavjud bo‘lib, ulardagi ma’lumotlar yangilab boriladi.

Davlat xizmatlari elektron hukumatning bir qismi hisoblanib, fuqarolar uchun trafik bepul. Tez orada elektron sog‘liqni saqlash va elektron parlament loyihalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi fuqarolarning murojaatlarini kunu tun qabul qiladi. www.meningfikrim.uz sayti orqali esa o‘z fikr bildirish yoki petitsiya yuborish mumkin.

Asta-sekinlik bilan amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga qaramasdan, milliy kontent jadal rivojlanmoqda. Ko‘plab yangiliklar saytlari mavjud. 2020-yildagi majburiy karantin esa ko‘plab onlayn do‘konlarga yaxshi start berdi, tarmoq orqali tranzaksiyalar esa tarixiy rekordlarni o‘rnatdi.

TAS-IX trafigi mahalliy kontent narxini pasaytirishga imkon berib, unda asosan “og‘ir” (film, o‘yin, musiqa, videoroliklar) trafik aynan shu yerdan yuklab olinadi. Biznes va xususiy universitetlar internet orqali buyurtma va masofaviy ta’lim yo‘nalishiga urg‘u bermoqdalar.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 24 ta tashkilotlar domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tish xizmatini taklif qilmoqdalar. ICANN, APTLD va RIPENCC – dunyo, Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi domen nomi va IP – manzillarni boshqarish bo‘yicha tashkilot a’zosi Yagona integrator UZINFOCOM domen nomlari va manzillar maydonini boshqarish bilan shug‘ullanadi. 2017-yilning kuzida o‘tkazilgan APTLD 74 konferensiyasi Toshkent va Samarqand shaharlariga 48 ta mamlakatdan ishtirokchilarni qabul qilgan. 2018-yilda Internet Governance Forum Toshkent shahrida butun dunyo bo‘ylab ishtirokchilarni to‘pladi. RIPENCC konferensiyasi 2020-yil 29-aprelda Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo boshqa vaqtga ko‘chirildi. Shuningdek, Yagona integrator UZINFOCOM tomonidan O‘zbekistonda ICANN konferensiyasini o‘tkazishga so‘rov yuborilgan. Ushbu tadbirlar tarixiy ahamiyatligidan tashqari kutilmagan tomondan qiziqarli bo‘ldi. Xususan, O‘zbekistonda Internetni ma’murlash tajribasi boshqa, ayniqsa, qo‘shni davlatlar uchun ham qiziqarli va katta talabga ega.

Kiberskvotting ((angl. cybersquatting) – kelgusida qayta sotish yoki maqsadsiz ishlatish maqsadida boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan savdo belgisini o‘z ichiga olgan domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish qonun bilan taqiqlanadi, shuningdek, texnik jihatdan domenni ushlab qolish usullari ma’muriyat tomonidan qat’iy kuzatib boriladi.

Masalan, ro‘yxatdan o‘tkazish muddati tugagandan so‘ng, darhol domenni ma’murdan “olib qo‘yish”ga imkon bermaydigan Redemption Period xizmatidan foydalangan holda regulyator domenlarni olib qo‘yadi.

Hozirda ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 80 mingga yaqinlashmoqda va biznes-muhitni faollashtirish bilan bog‘liq 2020-yilning kuz faslida o‘sishi kutilmoqda.

Milliy .UZ domenining 25 yilligi munosabati bilan mamlakat ravnaqi uchun internet tarmog‘ining rivojlanishi, ko‘plab foydali xizmatlar joriy qilinishi, eng yuqori tezliklar va o‘ziga xosligini saqlab qolishni tilab qolamiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq