Kundalik: maktablarni tizimga ulash davom etyapti
29.04.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Har kuni Kundalik tizimiga davlat va xususiy maktablardan ulanishga arizalar kelib tushmoqda. Aprel’ oyida tizimga Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridagi maktablar ulandi. Yaqindan boshlab esa ta’lim platformasi bilan Nukus shahridagi prezident maktabi va Toshkentdagi Evrika xususiy maktabi ishlay boshladi.

Kompaniya metodistlari maktab o‘qituvchilari va ma’murlari uchun Zoom onlayn-konferensiyalarni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan dastur yordamida masofadan turib o‘rgatuvchi seminarlarni o‘tkazmoqda.

«Pedagoglarni masofadan turib o‘qitishning ijobiy tomonlari ko‘p, birinchi navbatda, bunday format birdaniga ko‘p sonli odamni qamrab olish imkonini beradi. Ekranni namoyish etish funksiyasi tizimning ishlash prinsipini mufassal ko‘rsatish va tushuntirishga ko‘maklashadi. Vebinar ishtirokchilari nazariy qismdan keyin xatolarni darhol tushunib bartaraf etish uchun mening nazoratim ostida tizimni to‘ldiradi. Oflayn-seminarlarda auditoriya o‘qishga masofaviy ta’limdagi kabi e’tibor qaratmaydi, o‘qituvchilar savol berishga iymanmaydi», — deydi Kundalik metodisti Gulnora Ismoilova.

Kundalik tizimiga ulanishga ariza qoldirish uchun ta’lim tashkilotining rahbariyati saytdagi anketani to‘ldirishi va uni o‘z viloyatidagi ta’lim boshqarmasiga yuborishi lozim. Boshqarma tizimga ulanish uchun maktablar ro‘yxatini shakllantiradi va uni Xalq ta’limi vazirligiga yuboradi. Tizimdan foydalanish uchun ma’lumotlar esa anketada ko‘rsatilgan manzilga yuboriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq