O‘zkomnazorat: kuchli shamol oqibatida yuzaga kelgan muammolar bartaraf etilmoqda
28.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Respublikaning ayrim hududlarida kuchli shamol bo‘lib, ob-havo sharoitining yomonlashuvi kuzatilgani tufayli elektr taʼminotida uzilishlar, telekommunikatsiya tarmoqlarining uzilishi, mobil aloqa tayanch va antenna-machta inshootlariga shikast yetishi kabi holatlar kuzatilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyatida “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali, “Unitel” MCHJ “Janubiy-G‘arbiy” filiali, “UMS” MCHJ Buxoro viloyati markaziy bo‘limi va “RWS” MCHJ XKning Buxoro viloyati hududiy filialiga qarashli antenna machta qurilmalari shamol oqibatida qulab tushgan.

Bir qancha joylarda daraxtlar va sim yog‘ochlar qulashi oqibatida optik tolali kabellarda uzilishlar sodir bo‘lgan. “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filialining Buxoro hududiy bog‘lamasi, “Unitel” MCHJ “Janubiy-G‘arbiy” filiali, “Ucell-Buxoro” Mintaqaviy bo‘limi, “UMS” MCHJ Buxoro viloyati markaziy bo‘limi hamda “RWS” MCHJ XKning Buxoro viloyati hududiy filialiga qarashli tayanch stansiyalarida elektr taʼminoti yo‘qligi tufayli xizmat ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda.

Samarqand viloyatida “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali Samarqand hududiy bog‘lamasi, “Unitel” MCHJ Markaziy hududiy filiali, “Coscom” MCHJ hamda “UMS” MCHJning tayanch stansiyalarida elektr taʼminoti o‘chib qolgani sababli abonentlarga xizmat ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda avariyalar oqibatini bartaraf etish yuzasidan tegishli operator va provayderldar tomonidan avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda.

“O‘zkomnazorat” DI foydalanuvchilarni respublika gidrometereologiya markazining xabari bo‘yicha O‘zbekistonning ayrim hududlarida yuqorida qayd etilgan ob-havo sharoitlari kuzatilishi tufayli aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda to‘xtalish va uzilishlar kuzatilishi mumkinligini maʼlum qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq