Toshkent shahridagi Inha universitetiga 2020-2021 o‘quv yiliga qabul qilish imtihonlarini o‘tkazish jarayonlariga o’zgarishkar kiritildi
23.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

Shundan kelib chiqib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 24-aprel kuni o‘tkazilgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

Fuqarolar tomonidan quyidagi savol tushib keldi:

Toshkent shahridagi Inha universitetiga 2020-2021 o‘quv yiliga talabalarni qabul qilish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin?

Mamlakatimizdagi karantin holatidan kelib chiqib, Toshkent shahridagi Inha universitetiga qabul qilish jarayonini tashkil etish rejasiga qator o‘zgarishlar kiritildi.

O‘tgan yilning shu davrda, ya’ni 2019-yilning aprel oyi davomida abituriyentlar uchun ikki marta universitetga kirish imtihonlari tashkil etilgan bo‘lsa, bu yil bu jarayonni karantindan keyingi davrda, ya’ni iyun va iyul oylarida tashkil etish rejalashtirildi.

Shu bilan birga, 2020-2021 o‘quv yiliga universitetga qabul qilinadigan talabalar soni o‘tgan yilgi kvota bilan bir hil bo‘lib, jami 420 nafarni tashkil etadi. Bundan «Komp’yuter va dasturiy injinering» (SOCIE) yo‘nalishiga 300 nafar va Logistika (SOL) yo‘nalishiga 120 talabalar qabul qilinadi. 10 nafar talaba grant asosida qabul qilinadi. Xorijiy talabalarni soni cheklanmagan miqdorda va suhbat asosida qabul qilinishi belgilangan.

Kirish imtihonlari Janubiy Koreyaning malakali mutaxassislari tomonidan xalqaro standartlar asosida, adolatli va shaffof tarzda o‘tkaziladi. Imtihon natijalari Janubiy Koreyaning Inha universiteti veb saytida e’lon qilib boriladi.

Janubiy Koreyalik hamkorlar bilan mamlakatimizda va tashqarida karantin holatining davom etishi mumkinligi hamda aeroportlar faoliyati tiklanmaganligi natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan sharoit ham hisobga olingan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq