O’zbekistonda onlayn klinika ochildi
23.04.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

AskDoctor — «shifokorga murojaat qiling» — bu O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining shafe’ligida test rejimida ishga tushgan onlayn-klinikaning nomi.

Loyiha «AskDoctor» kompaniyasi, Yagona Integrator — UZINFOCOM va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan.

Siz www.AskDoctor.uz veb-saytiga tashrif buyurasiz va ro‘yxatdan o‘tasiz. Bunda bog‘lanish ma’lumotlarini kiriting va telefon raqamini tasdiqlang.

Keyinchalik, yo‘nalish bo‘yicha shifokorni tanlang va aloqa usulini tanlang: suhbat, audio yoki video sessiya.
Oldindan yoki aloqa paytida siz anketalarning rasmlarini, kasallik tarixidan ko‘chirmalarini, ya’ni tavsiyalarni tayyorlashda shifokorga yordam beradigan ma’lumotlarni yuklashingiz mumkin. Maslahatlashuvdan bir muncha vaqt o‘tgach, telefonga sizga yozilgan tavsiyalar haqida xabar yuboriladi, uni veb-saytdagi hisob qaydnomangizga yuklab olish mumkin. Tavsiyalar loyihaning mohiyatidan kelib chiqib (onlayn maslahat) faqat tavsiyaviy xarakterga egadir. Masofadagi shifokor manipulyasiya qila olmaydi, tahlil o‘tkaza olmaydi, haroratni, bosimni yoki pul’sni o‘lchay olmaydi.

Ushbu xizmat O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun bo‘lib, karantin davrida mutloqo bepuldir.
Platforma shu tarzda yaratilganki, u maxsus dasturiy ta’minotni o‘rnatishni talab etmaydi va Internet brauzeriga ega har qanday qurilmadan (smartfon, planshet, noutbuk, ish stoli komp’yuter) foydalanish mumkin. Shuni yodda tutingki, brauzer sozlamalarida siz veb-sayt orqali mikrofon va veb-kameradan foydalanishingizga ruxsat berishingiz kerak.

Sifat va xavfsizlik nuqtai nazaridan, barcha maslahatchilar Sog‘liqni saqlash vazirligida qo‘shimcha tanlovdan o‘tgan yuqori malakali shifokorlardir (shu jumladan professorlar). Yaqin kunlarda uyda bo‘lgan va tibbiy maslahat berish uchun texnik imkoniyatga ega bo‘lgan shifokorlarni bog‘lash funksiyasi amalga oshiriladi.

Veb-saytda maqolalar, tavsiyalar va tibbiy ensiklopediya mavjud. Ehtimol, shifokor bilan onlayn maslahatlashishdan oldin siz o‘zingizning savollaringizga javob topishingiz mumkin.

AskDoctor bu:

— Siz va oilangiz uchun yuqori malakali shifokorlar bilan maslahatlashish;

— Maslahat uzu-kunligi, xavfsizligi, maxfiyligi va anonimligi;

— Yuqori texnologiyali usul yordamida yuqori malakali yordam;

— Har bir maslahat uchun tezkor va tegishli hisobotni olish imkoniyati.

To‘satdan og‘riq yoki noxush alomatlar paydo bo‘lganda diqqatni jamlash juda qiyin, shuning uchun www.askdoctor.uz saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tib qo‘yganingiz ma’qul.

Shuni ham yodda tutish kerakki, mamlakatdagi noqulay sanitariya-epidemiologiya vaziyatida shifokorlar bilan maslahat bepul bo‘lib, shifokorlar bilan suhbat aloqa madaniyati doirasida, haqorat va tahdidlarsiz o‘tkazilishi kerak. Onlayn maslahat — bu to‘liq davolanish emas. Agar kerak bo‘lsa, maslahatchi tez yordam chaqirishi yoki shifokor bilan uchrashuvga yuborishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, loyiha qisqa vaqtda ishga tushirildi va shuning uchun bir muncha vaqt sinov rejimida ishlaydi: texnik qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin, matnlarda xatolar aniqlanishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, hozirgi paytda shifokorlar soni unchalik katta emas shu sabab bo‘sh maslahatchilar bo‘lmasa, biroz turib ushbu xizmatga murojaat qilganingiz ma’qul.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq