“O‘zbekiston pochtasi” AJ aholiga qulay va oson, qulay va xavfsiz ravishda plastik kartochkalarni onlayn ariza asosida yetkazib bermoqda
23.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

Shundan kelib chiqib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 23-aprel kuni o‘tkazilgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

Fuqarolar tomonidan quyidagi savol tushib keldi:

Bank plastik kartalarni olish uchun onlayn ravishda ariza qoldirilsa, ochilgan kartani “O‘zbekiston pochtasi” AJ orqali olsa bo‘ladimi, uning xavfsizligi ta’minlanadimi?

Karantin vaqtida aholining bank plastik kartasini amal qilish muddati tugab qolgan bo‘lsa yoki qo‘shimcha ravishda bank plastik kartasiga ehtiyoji bo‘lsa, u holda tijorat banklariga kelishlari shart emas. Aynan bugungi kunda tijorat banklar onlayn ravishda bank plastik (UzCard, Humo va Mastercard) kartalarini olish uchun arizalarni qabul qilish xizmatini yo‘lga qo‘ygan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ esa ayni vaqtda onlayn ravishda qabul qilingan arizalarga asosan ochilgan bank plastik kartalarini egalariga yetkazib berishni amalga oshirmoqda. Bunda, respublikaning istalgan hududiga qisqa muddat ichida, eng muhimi bank plastik kartasini xavfsizligi va butligi ta’minlangan holda yetkazib berilishi, shuningdek tijorat banklarga hamda mijozlarga qulayliklar yaratilishi ta’minlanmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq