MOBIUZ oʻqituvchilarning imtiyozli mobil aloqasidan yana-da kengroq foydalanishi uchun tarif rejalarini yangiladi
23.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mamlakatimizda umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga imtiyozli mobil aloqasidan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida MOBIUZ aloqa kompaniyasi tomonidan “Oʻqituvchi 1” va “Oʻqituvchi 2” tarif rejalari yangilandi.

Jumladan, “Oʻqituvchi 1” tarif rejasiga 2000 MB internet-toʻplam kiritildi. “Oʻqituvchi 2” tarif rejasidagi internet-toʻplamining hajmi esa 5000 MBga oshirildi.

Shu kunga qadar “Oʻqituvchi 1” tarifi uchun abonent toʻlovi 16 000 soʻmni tashkil etib, Oʻzbekiston boʻyicha chiquvchi qoʻngʻiroqlar 2000 daqiqa va 100 ta chiquvchi SMS xabarni oʻz ichiga olar edi.

“Oʻqituvchi 2” tarifida abonent toʻlovi 30 000 soʻm boʻlib, Oʻzbekiston boʻyicha chiquvchi qoʻngʻiroqlar 2000 daqiqa, 3000 MB, 100 ta SMS berilar edi. Hozirda “Oʻqituvchi 1” tarifiga 2000 MB qoʻshilib, “Oʻqituvchi 2” tarifidagi 3000 MB 5000 MB ga oshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq