Huawei Cloud platformasi Oʻzbekistonga COVID-19 bilan kurashishda yordam beradi
23.04.2020
Rukn: Texnologiya. Teglar:
Muallif: .

Hozirgi paytda Oʻzbekiston hukumati COVID-19 virusining tarqalishini nazorat va bartaraf qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Karantin choralari mamlakatdagi barcha fuqarolar va tashkilotlarga taʼsir koʻrsatmoqda. Shunday kunlarda yaqin insonlaringiz bilan muloqot qilish, masofadan ishlash, taʼlim olish va onlayn maslahatlar oʻtkazish uchun aloqada boʻlish eng muhim ehtiyojlardan biriga aylandi. Yaqinda Huawei kompaniyasi Uztelecom aloqa operatori bilan hamkorlikda unga tegishli axborotni qayta ishlash markazining oʻtkazuvchanlik salohiyati va manbalarni qoʻllagan holda, Huawei yaratgan bulutli videoservis platformasini jadallik bilan ishga tushirishdi. Mazkur platforma butun mamlakat boʻylab turli sektorlarga, jumladan, O‘zbekiston davlat organlari, tibbiy muassasalar, maktablar va har xil korxonalarga masofadan faoliyat yuritish imkoniyatini taqdim qiladi.

Ushbu xizmatni jadal tartibda yoʻlga qoʻyish maqsadida Huawei kompaniyasi oʻzining Shenjen shahridagi bosh qarorgohida Oʻzbekistonda video konferensiya platformasini ishga tushirish loyihasi boʻyicha tezkor guruh tuzdi. Unga HQ Intelligent Collaboration Solution Group mutaxassislari ham jalb qilinib, ular platformani masofadan foydalanishga topshirish jarayonida texnik yordam koʻrsatishdi. Mutaxassislardan tashkil topgan jamoa, texnologiya dizayni va talablarga oid xususiyatlar tufayli, bulutda (Cloud) ishlaydigan FusionCompute video platformasini yoʻlga qoʻyish, shu bilan birga, mahalliy muhandislarni uni ishlatish va boshqarishga oʻrgatish ishlari atigi toʻrt kunda nihoyasiga yetkazildi.

“Uzbektelecom” AJ bosh direktori Nazirjon Hasanov, shunday deb taʼkidlaydi: “Pandemiyaga qarshi kurashish sharoitida virus tarqalishining oldini olishga qaratilgan samarali choralarni qoʻllash maqsadida Huawei kompaniyasidan koʻrsatilgan texnik yordam uchun minnatdormiz”. Huawei kompaniyasi milliy operatorning innovatsion yechimlardan foydalangan holda, pandemiya sharoitida aholiga yana-da koʻproq manfaat keltirishga qaratilgan saʼyi-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi va istiqbolda har qanday qiyinchilik va chaqiriqlarni birga yengish maqsadida oʻzaro hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildiradi.

Cloud asosida ishlaydigan video konferensiya platformasi

Bulutda(Cloud) ishlaydigan video konferensiya platformasi bir vaqtning oʻzida 1000 tadan ortiq video konferensiyani qoʻllab-quvvatlaydi, boz ustiga, shunchaki virtual mashinalarni (VM) qoʻshish orqali sigʻimni kengaytirish yoʻli bilan bu raqamni yana oshirish mumkin. “Uzbektelecom” AJ kompaniyasi avvalroq Huawei TE Desktop va TE Mobile ilovalardan iborat maxsus rejani ishlab chiqarishga ulgurgan.Platforma butun mamlakatdagi foydalanuvchilar kerakli resurslarga tezkor kirish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun yuqori hajmdagi oʻtkazuvchanlik qobiliyatini ham taʼminlay oladi. Videoxizmatni Uztelecom bilan hamkorlikda rasman ishga tushirish uchun Huawei muhim hisob qaydlarini davlat organlari, tibbiyot va taʼlim muassasalari oʻrtasida tezkorlik bilan taqsimlab, yakuniy foydalanuvchilarga ushbu ishlanma bilan tanishishda yordam berdi. Mazkur video xizmatlar mamlakatni yangi koronavirus pandemiyasidan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida butun Oʻzbekiston boʻylab tatbiq qilindi.

Telemeditsina (Telemedicine)

Huawei kompaniyasi koʻmagida eng qisqa muddatlarda “103” — tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv markazi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Virusologiya instituti,Sog’liqni saqlash vazirligi va 16-sonli shifoxona oʻrtasida video konferensiya aloqasini yoʻlga qoʻyilib, hukumat va shifoxonalar orasida masofaviy konsultatsiyalar imkoniyati yaratildi, hamda diagnostika va davolash samaradorligi oshirilib, kasallikni yuqtirish xavfi kamaytirildi.

Masofaviy taʼlim

Huawei hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloqxoʻjaligini mexanizatsiyalashmuhandislari institutibilan hamkorlikda CloudLink texnologiyasi bazasida masofaviy aloqa orqali talabalar bilan sinovli dars loyihasini amalga oshirdi. Tizimga kirish uchun talabalardan shunchaki kompyuter, planshet yoki telefonga Huawei TE ilovasini oʻrnatish talab etilib, bu oʻqituvchilarga mashgʻulotlarni CloudLink Board interfaol doskasi yordamida oʻtkazishga imkoniyat yaratadi. Huawei kompaniyasi shourumida oʻtkazilgan ushrashuv davomida Huawei direktori Lyu Szyasin va soha vaziri Inomjon Majidov mazkur yechimning Oʻzbekiston universitetlarida qoʻllash, shuningdek, butun mamlakat boʻylab talabalarga masofaviy taʼlimga ulanish imkoniyati beradigan tarmoq va zaruriy qurilmalarning mavjudligiga oid masalalarni muhokama qilishdi. Ushbu loyihaning birinchi sinov ko’rinishiToshkent irrigatsiya va qishloqxoʻjaligini mexanizatsiyalashmuhandislari institutida tashkil qilingan smart-xonalar bazasida yoʻlga qoʻyish borasida qaror qabul qilindi.

Murakkab paytda koʻmak

Mart oyida Huawei begʻaraz ko’mak sifatida Toshkent xalqaro aeroportiga ikkita teplovizor kameralarini taqdim qildi.Ular uchib kelgan yoʻlovchilarning tana haroratini real vaqt rejimida nazorat qilishda qoʻllanilib, aeroport mutaxassislariga potensial xatarlarni samarali aniqlash va yoʻlovchilarning umumiy xavfsizligini taʼminlashga yordam berdi. Shu bilan bir qatorda, kompaniya oʻzining yuqori ijtimoiy va korporativ masʼuliyatini namoyish qilgan holda,  xitoylik hamkorlari bilan Oʻzbekiston hukumatiga koronavirusga qarshi kurash uchun zaruriy tibbiy dastgohlar va moslamalarni xarid qilishda yordam berib kelmoqda.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq