«COVID-19 Challenge 2020» tanloviga 600ta ariza topshirildi
22.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun «COVID-19 Challenge 2020» onlayn tanlovida ishtirok etish uchun ikki xafta ichida jami 600ta ariza topshirildi. Ulardan rus tilida – 285 ta, oʻzbek tilida — 315 ta.

«COVID-19 Challenge 2020» — COVID-19 pandemiyasining ta’sirini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun onlayn tanlov bo’lib, unda O’zbekistonning barcha hududlaridan innovatorlar COVID-19 pandemiyasidan aziyat chekkanlarga yordam berish uchun bilim, texnologiya, tadbirkorlikni birlashtirib, hamkorlikda innovatsiyalarni yaratishlari mumkin.

Tanlovning tashkilotchilari: BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, IT-Park, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Innovatsion Rivojlanish Vazirligi qoshidagi Yoshlar Akademiyasi, Bandlik va mehnat vazirligi, Sog‘likni saqlash vazirligi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi, “Raqamli ishonch” jamg‘armasi, Jahon Banki va O‘zbekistonda Yevropa Havsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Loyihalarini Muvofiqlashtiruvchisi.

Tanlovga arizalar 7-apreldan 20-aprelgacha qabul qilindi. Arizalarni ko’rib chiqish va onlayn suhbat 24-aprel kuni o‘tadi. Tanlangan loyihalarni sinovdan o’tkazish va e’lon qilish esa 30-aprel kuniga mo‘ljallangan.

Qiziqadigan shaxslar va kompaniyalar ro’yxatdan o’tish va taklif etilayotgan texnologik yechim g’oyasini onlayn shaklni to’ldirish orqali taqdim etishlari so’raladi. Arizalar qabul qilingandan keyin loyihalar ko’rib chiqiladi. Muvaffaqiyatli g’oya va loyihalar muallif va jamoalari onlayn suhbatga taklif etiladilar. Kamida 5-ta tanlangan loyihani sinovdan o’tkazish va taklif qilingan texnologik echimlarni amalga oshirish uchun hamkorlar tomonidan taqdim etilgan 10 ming AQSh dollarigacha bo’lgan moliyaviy mablag’ bilan taminlanadi. Tanlangan loyihalar boshqa platformalarda ham keng namoyish etiladi.

Arizalar quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha topshirilgan:

— Sogʻlikni saqlash — 123 ta;

— Yordamga muhtoj aholiga koʻmaklashish — 48 ta;

— Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash — 130 ta;

— Jamoatchilikni qoʻllab-quvvatlash — 21 ta;

— Taʼlim — 136 ta;

— Xabardorlikni va xulq-atvorni yaxshilash — 32 ta;

— Hordiq — 35 ta;

— Qolgan barchasi — 75 ta;

Batafsil ma‘lumot olish uchun tanlivning veb-saytiga kiring: http://covid-19challenge.it-park.uz/

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq