«Xo’jalik sub’ektlarida soliq yukini hisoblash» elektron dasturi
21.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ma’lumki, Soliq kodeksini (yangi tahrirda) qabul qilinishi munosabati bilan soliq hisobotlarining yangi shakllari ishlab chiqildi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliq kodeksida 2020-yil 1-yanvardan boshlab imtiyozlar faqat Soliq kodeksi bilan taqdim etilishi belgilandi.

Bunda, ayrim soliqlar boʼyicha soliq imtiyozlari, qoʼshilgan qiymat soligʼi, aktsiz soligʼi solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz soligʼi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin koʼpi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va koʼpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.

Soliq siyosatini amalga oshirishda muhim bir mezon bu – soliq stavkalari iqtisodiy samaradorligi hisoblanishini inobatga olsak, soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, bu borada ilgʼor xorijiy tajribadan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yaratilgan dastur xoʼjalik subʼektlarida soliq yukini hisoblash va tegishli hisobotlarni shakllantirish uchun moʼljallangan bo’lib, soliq yukini hisoblashda qulayliklarga ega.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

— sanoat korxonalarida soliq toʼlovlarini doimiy tahlil qilish;

— real vaqt rejimida korxona soliq yukining joriy darajasini bazaviy yillarga oid koʼrsatkichlar bilan taqqoslash;

— soliqlar va toʼlovlarning xoʼjalik yurituvchi subʼyektning mahsulot sotish qobiliyatiga taʼsirini asoslash.

Dastur uchun Sadullaev Rasulbekga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 07675 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq