Ucell. Texnik bo’limning deyarli ko’rinmas qahramonlari
20.04.2020
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Ular eng xavfli cho’qqilarni zabt etadilar, har qanday ob-havo sharoitlarini engib o’tadilar, aloqa o’rnatilar va dunyo tarmoqlarni ulay oladilar. Fantastika filmlaridagi super qahramonlar deysizmi?

Yo’q, so′z Ucell uyali aloqa Kompaniyasining muhandislari haqida.

Qizil va oq rangli cho′qqilar shahar va qishloq landshaftining ajralmas bir qismiga aylanib qolgan.
Ko’pchilik uchun bu faqat antennalar.

Har qanday uyali aloqa kompaniyasi uchun ana shu «antennalar»: siz bilan bizning barqaror va uzluksiz aloqamiz kafolati. Shuning uchun texnik bo’limning ishi strategik ahamiyatga ega.

Har kuni COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) butun mamlakat bo′ylab abonentlardan qo’ng’iroqlar qabul qiladi. Mintaqaviy rahbarlar va muhandislar vaziyatni o’rganish, mavjud baza stantsiyasini optimallashtirish yoki yangisini o’rnatish imkoniyatlari ko′rib chiqish uchun joylariga boradilar.

Har bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi va o‘z yechimini topadi. Bugungi kunda karantin va harakatni cheklash sharoitida bunday uchrashuvlar ayniqsa qiyin, ammo texnik bo’lim xodimlari faoliyatni davom etib, aloqalar har doim bo′lishi uchun harakatdalar.

Eng yaxshi aloqa sifati uchun

Yil boshidan beri Ucell uyali aloqa operatori mutaxassislari tarmoq qoplamini va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo’yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi.

Ushbu ishlar oddiy foydalanuvchi uchun ham sezilarli. Aniqlik kiritish uchun uchun ba’zi statistik ma’lumotlarni keltiramiz.

Respublika bo′ylab 185ta yangi zamonaviy zamonaviy baza stansiyalari foydalanishga topshirildi:

— 154 – LTE simsiz keng qoplamli aloqa stantsiyalari;

— 22 – yangi GSM uyali aloqa stantsiyalari;

— 6 – 3G uyali aloqa stantsiyalari;

— 3 – yangi 5G avlod mobil aloqa stantsiyalari maqsadli sinovlar o′tkazish uchun.

Yil boshidan buyon mamlakatda kompaniyaning 200 dan ortiq aloqa vositalari deyarli to’liq modernizatsiya qilindi. Mavjud 75 ta 3G stantsiyasi va 200 dan ortiq LTE tayanch stantsiyalarining sig’imi kengaytirildi. Radio tarmog’ optimallashtirildi.

287 radioto′lqinli aloqa liniyalarida transport kanallar sig’imi oshirildi. Radioto′lqinli aloqa liniyalari, optik tolali bilan bir qatorda, 2G, 3G, 4G va 5G standartidagi asosiy stantsiyalaridan katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatilishini ta’minlaydilar. Radioto′lqinli liniyalari asosan transport infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan chekka joylarda yoki optik tolali liniyalarni qurish qiyin bo′lgan joylarda qo’llaniladi.

Bundan tashqari 2020-2022 yillarda tarmoqni rivojlantirish va takomillashtirish rejalari ishlab chiqildi.

Karantin paytida nima o’zgardi?

Karantinda texnik xizmat ko′rsatish va halokatlarni bartaraf etish bo’yicha ishlar kuchaytirildi, bir-biri bilan aloqa qilmaydigan mustaqil tezkor guruhlar tuzildi. Barcha jamoalar transport vositalari, kerakli miqdordagi materiallar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlangan. Ushbu bo’linish ishlarning samaradorligi va hajmini saqlab qolgan holda, xodimlarning aloqalarini kamaytirishga imkon beradi.

Texnik xodimlarning aksariyati uzoqdan ishlashga o’tkazildi, shuning uchun ish rejasiga ba′zi bir o′zgarishlar kiritildi.

Bugun barchamiz uchun sifatli tarmoq – bu oila bilan aloqada bo’lishning, mamlakat va dunyodagi eng so’nggi voqealardan xabardor bo’lishning yagona yo’li. Butun mamlakat bo’ylab minglab ofis ishchilari masofaviy ish tarziga, talabalar va o’quvchilar masofaviy o’qishga o’tkazildi. Bularning barchasi Internet-trafik hajmiga ta’sir ko’rsatdi. Yuklama oshgani sababli tarmoqning sifat ko’rsatkichlari ustidan nazorat kuchaytirildi, Kompaniya abonentlarining so’rovlariga tezkorlik bilan javob berish choralari ko’rildi.

Kompaniya uchun bu karantindagi birinchi tajriba. Harakatlanish muhim ahamiyatga ega bo’lgan department uchun bu dadil va jiddiy sinovdir. Biz sizga texnik bo’limning osonmas ishini tasvirlashga harakat qildik.

Har kuni Ucell mutaxassislari jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizning har bir burchagiga etkazish uchun ishlaydi. Ucell hayotning eng yaxshi sifati hamma uchun foydali va har yerda mavjud bo′lishiga intiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq