«O‘zbekiston pochtasi» AJ ayni vaqtda «Aloqabank» mijozlarning onlayn arizalari asosida Humo va Uzcard plastik kartalarini manzillariga yetkazib bermoqda
20.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bularning barchasi oddiy: mijoz bankning rasmiy sayti yoki telegram bot orqali onlayn ariza beradi. «O‘zbekiston pochtasi» AJ esa ko‘rsatib o‘tilgan manzilga konvertga solingan kartalarni xavfsiz ko‘rinishda yetkazib beradi.

Yetkazib berish mutlaqo bepul. Karta uchun to‘lovni kartadagi mablag‘lardan (balansdan) yechib olinadi. Plastik kartalar hududiga qarab 3 kundan 7 kungacha bo‘lgan vaqtda yetkazib beriladi.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ hozirgacha 300dan ortiq kartalarni xuddi shu tartibda tarqatishga ulgurdi. Karantin davrida uydan chiqmasdan, yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin. «O‘zbekiston pochtasi» AO zamonaviy, ilg‘or va xavfsiz xizmatlari bunda yordamga keladi. Asosiysi, bu juda qulay va oson, eng muhimi mutlaqo xavfsiz!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq