Parlament eshituvida AKT vaziri ma’lumoti eshitildi
17.04.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 16-aprel Oliy Majlis Qonunchilik palatasida videokonferens aloqa tarzida tashkil etilgan Parlament eshituvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov YeOII bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishining mamlakatimiz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga ta’siri yuzasidan ma’lumot berdi.

Hamkorlikning telekommunikatsiya va Internet xizmatlari narxlariga hamda telekommunikatsiya bozori raqobatbardoshligiga, shuningdek, ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va texnik reglamentlarga ta’siri chuqur tahlil etildi.

Parlament eshituvida Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javob qaytarildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq