“O‘zbekiston minerallari. Geologiya” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
17.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020-yil 30-martdan “O‘zbekiston minerallari. Geologiya” turkumi muomalaga kiritildi.

O’zbekistonning yer osti turli minerallarga — neft, gaz, ko’mir, oltingugurt, tuz, fosforit, qurilish materiallari va boshqalarga boydir.

Turkum 3 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida O‘zbekistonning yer ostidan topilgan minerallarning namunalari tasvirlangan. Minerallarning nomlari o‘zbek tilida lotin grafikasida berilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 40×40 mm. Zanjirning o‘lchami 160×40 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Dizayner – Kaneves Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

1418. «Feruza» Nominali – 1900 so‘m

1419. «Ametist» Nominali – 3100 so‘m

1368. «Lazurit» Nominali – 6400 so‘m

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq