«MedData 103» tez tibbiy yordam xizmatini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi
17.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Maʼlumki, tez tibbiy yordam xizmatining asosiy vazifasi fuqaroning hayotiga xavf tugʼdiradigan holatlarda birinchi tibbiy yordamni koʼrsatishdir. Albatta, bunda sog’likni saqlash tizimining samaradorligi, tez yordam xizmatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim masala hisoblanadi.

Shu jihatdan «MedData 103» tizimi tez tibbiy yordam xizmatini boshqarish va sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish uchun moʼljallangan.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

— shahar telefon tarmoqlari, mobil telefonlar tarmoqlari, Internet (ixtisoslashgan mobil ilovalar) tarmoqlari orqali aholidan tushayotgan qoʼngʼiroqlarni qabul qilish va roʼyxatdan oʼtkazish;

— qabul qilingan qoʼngʼiroqlarni ularning xizmat koʼrsatish usuvorligi tartibida avtomatik joylashtirish;

— tez tibbiy yordam guruhlarining harakatlarini, shu jumladan GPS/GLONАSS navigatsiyasi yordamida boshqarish va monitoring qilish;

— shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilgan shaxslarning joylashgan joylarini mobil telefon orqali xaritada koʼrsatish;

— tez tibbiy yordam guruhini mobil ilovalar orqali, shu jumladan imkoniyati cheklangan insonlar uchun chaqirish;

— ishlatilgan dori vositalarini va tibbiyotga oid buyumlarni hisobga olish;

— hodisalarning asosiy tavsiflari, qabul qilingan qoʼngʼiroqlar (tibbiy noxush hodisalar toʼgʼrisidagi xabarlar) boʼyicha shoshilinch chora koʼrishning boshlanishi, tugashi va asosiy natijalari toʼgʼrisida maʼlumotlar bazasini yuritish;

Albatta bemorning hayoti xavf ostida qolishi va unga zudlik bilan tibbiy yordam ko’rsatilishida kompyuter dasturlari alohida ahamiyat ega bo’lib, ulardan samarali foydalanish kutilgan natijani beradi.

«MedData 103» tizimi tarkibiga quyidagi quyi tizimlar kiradi:

— qoʼngʼiroqlarni qabul qilish quyi tizimlari;

— TTYo stantsiyalari va boʼlimlari tarnsport vositalaridan monitoring maʼlumotlarini olish quyi tizimi;

— TTYo transport vositalarini namoyish qilish va kuzatish quyi tizimi;

— qoʼngʼiroqlarni qayta ishlash va guruh yuborish quyi tizimi;

— dispetcherning chiqish guruhi bilan oʼzaro aloqasi quyi tizimi;

— tezkor va statistik maʼlumotlarni monitoring qilish quyi tizimi;

— bemorlarni kasalxonaga yotqizishni boshqarish quyi tizimi;

— qoʼngʼiroqlarga xizmat koʼrsatishni nazorat qilish quyi tizimi;

— yoqilgʼi-moylash materiallari harakati va hisob varaqalarini yuritish quyi tizimlari;

— hisobot tuzish quyi tizimi; maʼmuriyat quyi tizimi; tez tibbiy yordam va shoshilinch tibbiy xizmat xodimlarining ish vaqti va ish jadvallari nazoratini yuritish quyi tizimi; tashqi axborot tizimi (АT) bilan integratsiyalash quyi tizimi; geoaxborot quyi tizimi.

Dastur uchun «Bepro-dasturchilar markazi» MChJga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 07674 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq