Vebinar: uydan ishlaganda kiberxavfsizlik
16.04.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Ucell Akademiyasi karantinga qaramay, xodimlar uchun qiziqarli treninglarni o’tkazishni davom etmoqda. COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) Kompaniyasida «Uydan ishlaganda kiberxavfsizlik» mavzusida birinchi veb-seminar Tarmoq va axborot texnologiyalari xavfsizligi bo’limi boshlig’i Andrey Shishkin ishtirokida bo’lib o’tdi.

Onlayn ma’ruzaning maqsadi — uydan ishlaganda xavfsizlik darajasini ofisdagidek saqlashga yordam berish. Bugungi kunda Kompaniya xodimlarining yarmidan ko’pi masofadan turib faoliyat olib bormoqda. Bunday choralar umumiy xavfsizlik uchun ehtiyotkorlik bilan qabul qilingan. Biroq, hujumlar nafaqat hayotda, balki kiberfazoda ham bo’lishi mumkinligini yodda tutish kerak.

Murabbiyimizning axborot xavfsizligi va umuman IT sohasidagi katta tajribasi haqida avval ham aytib o′tgan edik. Andrey 20 yil davomida ushbu yo’nalishda izlanib kelmoqda va yosh talabalar bilan bilim ulashib turadi. Uning ishtirokida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universitetida mini-sessiyalar tashkil etilgan.

Bugun xodimlar uyda samarali ishlashni, ma’lumotlarni himoya qilishni va kiber jinoyatchilarning tuzoqlariga tushmaslik yo′llarini o’rgandilar.

Andrey Shishkin, Xavfsizlik va tarmoq va axborot texnologiyalari bo’limi boshlig’i:

— Ma’lumot asosiy stantsiyalar, SIM-kartalar yoki Kompaniyadagi boshqa biron-bir aktiv bilan bir xil qiymatga ega. Har bir xodim tajovuzkor qo′lida kirish uchun boshlang’ich nuqta bo’lishi mumkin, o′zingizni ahamiyatsizman deb o′ylamang. Buni ham ofisda, ham masofadan turib ishlaydigan barcha xodimlar tushunishlari kerak.

Bu kabi vebinar birinchi marotaba o′tkazilmoqda. Unda Ucelldagi barcha istak bildirgan xodimlar qatnashishi mumkin edi. Tinglovchilar soni 40 dan ziyod bo′ldi. Ma’ruza yozib olindi va umumiy foydalanish uchun ichki portalga yuklanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq