Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari «aqilli niqob»ni ixtiro etdilar
16.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bu niqob sezish funksiyasi orqali avtomatik tarizda inson haroratni o’lchaysh, yo’talish va nafas qisilishi kabi barcha ma’lumotlarni maxsus ilova orqali smartfonga yuboradi.

Universitetning Kompyuter va Dasturiy Injiniring fakulteti 4-kurs talabalari Doston Mardiyev va Aziza Abdurakhmonova O’zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda o’z hissalarini qo’shishga qaror qildilar va «aqilli niqob»ni yaratdilar.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining fikriga ko’ra, bunday niqobni qayta va qayta ishlatsa bo’ladi. U insonning tana haroratiga, yo’talish,aks urish va nafas olishda bo’layotgan qiyinchilikni uch xil sensorlar orqali aniqlab bera oladi.

Niqob mobil ilova orqali telefon bilan birlashtirilgan bo’lib uning yordamida niqobga o’rnatilgan sensorlar avtomatik ravishda qayd etilgan ko’rsatkichlarni smartfonga yuboradilar. Ilova ushbu ma’lumotni COVID-19 alomatlari bilan taqqoslaydi. Agar tasodif bo’lsa, dastur aniqlik kiritadi.

«COVID-19″ning o’ziga xos belgilari mavjud bo’lib, u boshqa o’tkir yuqumli kassaliklardan ajralib turadi: yuqori isitma, quruq yo’tal, nafas qisilishi kabi.Sensorlar tufayli niqob bu ma’lumotlarni osongina aniqlay oladi. Masalan, agar odamda harorat 38,5 bo’lsa, u tez-tez yo’talsa va uzoq vaqt nafas ololmasa dastur niqob egasi COVID-19 dan shubhalanayotganligi haqida signal beradi. Kelajakda biz bu niqobni tibbiy muassasalar bilan kelishilgan holda tekshirshni rejalashtirmoqdamiz. Tegishli alomatlari bo’lgan odamlarga tez yordam berish oson bo’ladi», — dedi Aziza Abdurakhmonova, g’oya muallifi.

Loyihaning muallifi Doston Mardiyevning ta’kidlashicha, ayni paytda loyiha yakunlanib, sinovdan o’tkazilmoqda. Talabalar bunday niqoblar kelajakda jamiyat uchun foydali va tegishli bo’ladi deb umid qilishadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq