O‘ZKOMNAZORAT: Karantin vaqtida firibgarlar yolg‘on SMS xabarlari jo‘natib elektron mablag‘larni o‘zlashtirishga urinmoqda
16.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Karantin davrida, “o‘zini yakkalash” tartibiga o‘tgan fuqarolarning uyda o‘tirganidan, shuningdek odamlarda koronavirus pandemiyasi sabab xavotir kuchli ekanidan foydalanib qolayotgan firibgarlar turli uslub, vosita hamda xabarnomalar orqali kishilarni chalg‘itib, ularning elektron hisobdagi mablag‘larini o‘zlashtirishga harakat qilmoqda.

Masalan, muayyan sana yoki geojoylashuv nuqtasi koordinatlarini ko‘rsatib “Siz karantin qoidasini buzdingiz, endi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54 moddasiga muvofiq BHMning besh baravarigacha miqdorda jarima to‘laysiz” degan mazmunda jarimani uydan to‘lash ham mumkinligini taʼkidlab to‘lov uchun karta raqami ko‘rsatilgan SMS xabarnoma jo‘natish holatlari ham uchrab turibdi.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi fuqarolarni bu kabi yolg‘on xabarlarga aldanmaslikka, SMS-xabarlar, telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qilganda hech qachon elektron hisobdagi mablag‘lar yoxud turli mahfiy kodlar haqida begona shaxslarga maʼlumot bermaslikka, bu kabi holatlar kuzatilganda SMS-xabarnomani o‘chirib tashlash, telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lganligi haqida 102 raqami orqali huquq-tartibot idoralariga xabar berishni tavsiya etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq