IT-Park FGI loyihasi bilan birgalikda “TRACTIONCamp Online Central Asia 2020” xalqaro onlayn master-klasslarini oʻtkazmoqda
15.04.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Shuni yodda tutish kerak-ki, karantin sharoitida ham oʻrganish va rivojlanish jarayoni toʻxtamasligi kerak. Bugungi kundagi Internetdan foydalanish boʻyicha mavjud imkoniyatlar tufayli uydan chiqmasdan ham yangi narsalarni oʻrganish ancha oson va arzonroq boʻlib qoldi. “TRACTIONCamp Online Central Asia” loyihasi – bu karantin sharoitida tajribali tadbirkorlarni tinglash va oʻz bilim va imkoniyatlarini yanada yuqoriroq darajaga koʻtarish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Shuning uchun IT-Park, FGI loyihasi va oʻzining hamkorlari Ground Zero, Tech4impact, Central Asia Women and Science Week, MOST Biznes-inkubator, NAPA Team, High Technology Park, Astana Hub, HM Partners kompaniyalari bilan birgalikda “TRACTIONCamp Online Central Asia 2020” bepul xalqaro onlayn master-klasslarini oʻtkazishni yoʻlga qoʻydi.

“TRACTIONCamp Online Central Asia 2020” ­– bu har hafta bittadan boʻlib oʻtadigan toʻrtta xalqaro onlayn  master-klass boʻlib, ularda tadbirkorlik sohasida yetakchi mutaxassislar boʻlgan va yillar davomida toʻplagan oʻzlarining chuqur bilimlariga ega, turli mamlakatlarning tajribali maʼruzachilari chiqish qiladilar.

Tadbirkorlik boʻyicha mahorat darslari ilgari oʻzlarining innovatsion mahsulotlari modelini ishlab chiqqan va oʻsish, sotish, mablagʻ toʻplash va kengayish imkoniyatlarini izlayotgan yangi ish boshlagan tadbirkorlarning tajribasiga asoslangan, tadbirkorlik faoliyati haqidagi tajriba va bilimlarini almashishga imkon beradigan sinalgan usullarni oʻz ichiga oladi.

Loyihaning oʻziga xos jihatlari:

Har bir TRACTIONCamp – bu savdo va marketing, biznes strategiyalari va investorlar bilan munosabatlar kabi mavzularni oʻz ichiga olgan akselerator uslubidagi master-klass. Har bir mavzu oʻzining shaxsiy amaliy tajribasi bilan interfaol usulda boʻlishadigan taniqli va tajribali tadbirkor yoki investor tomonidan taqdim etiladi.

TRACTIONCamp jamoasi va USAIDʼning tadbirkorlik va biznes-muhitini rivojlantirish loyihasi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan ushbu onlayn dastur tanlab olingan ishtirokchilar uchun toʻrt hafta davomida har hafta ikki soatlik interfaol vebinarlar shaklida boʻlib oʻtadi. Har biri 90 daqiqa davom etadigan toʻrtta mashgʻulot davomida ishtirokchilar mutaxassislar bilan oʻzaro muloqot qilishadi, ularning tajribasini oʻrganishadi, savollarga javob olishadi va vujudga kelgan muammolariga yechim topishadi.

Treningda ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:

  • Tasdiqlangan gʻoyaga yoki birinchi versiyasi ishga tushirilgan mahsulotga ega boʻlish
  • Rus tilini yaxshi bilish (TRACTIONCamp dasturi rus tilida boʻlib oʻtadi)
  • Oʻzbekistonda, Qozogʻistonda, Qirgʻizistonda, Tojikistonda yoki Turkmanistonda istiqomat qilish
  • Ariza shaklini toʻldirish, ariza toʻldirgandan soʻng tanlab olingan ishtirokchilarga qanday qilib vebinarlarda qatnashish haqida maʼlumot beriladi.

Mashgʻulotlar:

Birinchi mashgʻulot  2020yil 22aprel

(11:00-13:30 Olmaota/Nur-Sulton/Bishkek – 10:00-12:30 Toshkent/Ashxobod/Dushanbe/)

Mavzu: “Startap emas, biznes tashkil etamiz”

Gʻoyadan biznesga aylanish uchun, startap kuchli qoʻllab-quvvatlashga, biznes-rejaga, daromad va foyda boʻyicha oldindan aniq hisob-kitobga, shuningdek ish beradigan biznes modelni sinab koʻrish imkoniyatiga zarurat sezadi. Mashgʻulotda Maks Gurvits va Yevgeniy Rozinskiy tomonidan taqdimot oʻtkazilishi, shuningdek StepShot kompaniyasiga asos solgan va bu kompaniyani jahon lideri UIPath kompaniyasiga sotgan ukrainalik tadbirkor Aleksandr Remin bilan suhbat boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi mashgʻulot  2020yil 29aprel

(11:00-13:30 Almati/Nur-Sulton/Bishkek ­– 10:00-12:30 Toshkent/Ashxobod/Dushanbe/))

Mahalliy farqlarni hisobga olgan holda global miqyosda ishlash”

Yevropa, AQSh, Osiyo va MDH mamlakatlari oʻrtasida mijozlar topishda, marketing va sotishda, shuningdek, sarmoyadorlar bilan ishlashda katta farq mavjud. Maks Gurvits va Yevgeniy Rozinskiy oʻzlarining amaliy maslahatlari, turli bozorlarda ishbilarmonlar va investorlarning shaxsiy hikoyalari bilan boʻlishadilar. Ular bilan birga YeTTBʼda ishlaydigan londonlik investor Zaya Qodirova ham soʻzga chiqadi va turli mintaqalardagi jamgʻarmalar va kompaniyalar bilan ishlashda oʻzining koʻplab madaniyatlarga asoslangan tajribasi bilan oʻrtoqlashadi.

Uchinchi mashgʻulot ­­– 2020yil 6-may

(11:00-13:30 Almati/Nur-Sulton/Bishkek – (10:00-12:30 Toshkent/Ashxobod/Dushanbe/))

Eng muhimi ­– oʻsish

Biznesning oʻsishi nima, uni qanday oʻlchash mumkin va marketing va sotish uchun toʻgʻri uslubni qanday qilib topish mumkin? Maks Gurvits va Yevgeniy Rozinskiy biznesni rivojlantirish, birinchi bitimni tuzish, biznesda isteʼdodlarni topish va saqlab qolish, shartnomalar tuzish haqida va kompaniya uchun toʻgʻri oʻsish koʻrsatkichlarini qanday qilib belgilash haqida muzokaralar olib borish boʻyicha eng yaxshi tajribalarni taqdim etadilar. Maxsus mehmon – Seedstars kompaniyasining sobiq direktori Igor Ovcharenko, oʻzining Yevropa va Markaziy Osiyodagi tajribasiga asoslangan gʻoyalari bilan suhbatga qoʻshiladi.

Toʻrtinchi mashgʻulot  2020yil 13may

(11:00-13:30 Almati/Nur-Sulton/Bishkek ­– (10:00-12:30 Toshkent/Ashxobod/Dushanbe/))

Investitsiyalar va investorlarni tushunish

Venchur investitsiyalash nima, bozorda uning qanday turlari mavjud, siz ularni qanday qilib topishingiz mumkin, ularga qanday yondoshish kerak va ular bilan qanday qilib bitim tuzish kerak? Maks Gurvits va Yevgeniy Rozinskiy farishtalar investitsiyalari, venchur kompaniyalar va akseleratorlar sohasida katta tajribaga ega, muvaffaqiyatli frandrayzingning asosiy jihatlarini taqdim etadilar. Tallinlik Startup Wise Guys direktori Aleksandra Balkova oʻzining Yevropadagi eng muvaffaqiyatli akselerator dasturi haqida gapirib beradi va ushbu dasturga aʼzo boʻlish va ushbu dastur orqali mablagʻ olish haqidagi maslahatlari bilan boʻlishadi.

Ekspertlar sifatida quyidagi yetakchi tadbirkorlar va investorlar ishtirok etishadi:

1. Aleksa Balkova

– Tallinn, Estoniya

– Startup Wise Guys akselerator dasturi direktori

2. Sasha Reminniy

– Lvov, Ukraina

– Dasturchi, tadbirkor, StepShot kompaniyasining yaratuvchisi

 3.Maks Gurvits

– Sofiya, Bolgariya

– Seriyali tadbirkor, biznes farishta va investor

4. Zaya Qodirova

– London, Buyuk Britaniya

– INSEAD bitiruvchisi, YeTTB venchur fondi investori

5. Igor Ovcharenko

– Kiev, Ukraina

– Seedstars kompaniyasining sobiq direktori, tadbirkor

6. Yevgeniy Rozinskiy

– Los-Anjeles, AQSh

– Biznes farishta, tadbirkor, autsorsing boʻyicha mutaxassis

Eslatib oʻtamiz, USAIDʼning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish boʻyicha loyihasi Markaziy Osiyoda, xususan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan. Loyiha, yuqori salohiyatga ega boʻlgan kompaniyalarning, biznes assotsiatsiyalarining oʻsishini taʼminlash; ularning oʻzaro munosabatlarini mustahkamlash, oʻqitish orqali, shu jumladan ayollar va yoshlarga taʼlim berish orqali xodimlarning malakasini oshirish bilan bozor munosabatlarini oʻzgartirishga yordam beradi. Loyiha, shuningdek, kompaniyalarning oʻsishiga xalaqit beradigan va biznesni rivojlantirishga toʻsqinlik qiladigan qonuniy va tartibga soluvchi meʼyorlarni oʻzgartirishga ham qaratilgan.

USAIDʼning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi haqida batafsilroq maʼlumot olish uchun havolalar:

https://www.facebook.com/FGICentralAsia
https://www.usaid.gov/central-asia-regional
https://www.facebook.com/USAIDCentralAsia

Ariza shaklini toʻldirish uchun havola:

https://maxresearch.typeform.com/to/lMiwYF

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq