Ertaga kibersport bo‘yicha “Adrenaline Online Cyber Cup” onlayn musobaqa boshlanadi
15.04.2020
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

Avval xabar berganimizdek, 16-apreldan 18-aprelga qadar O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi IT-Park va Adrenaline Rush bilan birga FIFA и Counter Strike:GO boʻyicha kibersport onlayn musobaqani o‘tkazadi.

Musobaqa butun jahonga mashhur FACEIT platformasida Qozogʻiston Respublikasi serverlarida boʻlib oʻtadi.

Musobaqaning birinchi kuni Counter Strike:GO boʻyicha oʻyinlar chorak finalgacha davom etadi, ikkinchi kuni esa bo3 olimpiya tizimi boʻyicha chorak finallardan boshlanadi. Uchinchi kun ishtirokchilarni ikkita Grand final va uchinchi oʻrin uchun ikkita match kutadi.

FIFA matchlari guruhlarga boʻlinadi. Guruhlar tizimi ishtirokchilar soni boʻyicha belgilanadi.

Sovrin jamg‘armasi 60 million soʻmni tashkil qiladi!

Sovrinli oʻrinlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

Counter Strike:GO:

1-o’rin — 25 million soʻm;

2-o’rin — 15 mln. soʻm;

3-o’rin — 10 mln. soʻm.

FIFA:

1-o’rin — 5 million soʻm;

2-o’rin — 3 million soʻm;

3-o’rin — 2 miilion soʻm.

Musobaqa gʻoliblari sovrinlarni jamoa sardori yoki oʻyinchisiga tegishli debet kartaga mablagʻni oʻtkazish yoʻli bilan olishadi.

Musobaqaning markaziy o‘yinlarini Oʻzbekiston kibersport olamida yaxshi tanilgan ekspertlar: Danil “BATKA” va Sergey “Greed” sharhlab boradilar.

Musobaqaning boshlanish vaqti: 16-aprel,14:00.

Musobaqa quyidagi IT Parkʼning rasmiy YouTube kanali orqali jonli efirga uzatiladi: 

https://www.youtube.com/channel/UCZWqg4oxo2PyLGuQifUbeqg/videos

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq