Ucellda o′zgacha Donor kuni o′tkazildi
14.04.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

13-aprel kuni COSCOM mas’uliyati cheklangan jamiyat ofisida (Ucell savdo belgisi) Respublika qon quyish markazi sayyor guruhining yordami bilan Kompaniya xodimlarining ixtiyoriy va beg’araz donorlik qon topshirish jarayoni tashkillashtirildi.

Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti to’g’ridan-to’g’ri Ucelldan yordam so’rab murojaat qildi. Har yili 14-iyun kuni Ucell xodimlari an’anaviy tarzda, markazining tashrif buyurgan jamoasi ko’magi ostida Ucell Plaza devorlarida o’tkaziladigan Xalqaro Donor kunida ishtirok etardilar. Bugungi kunda 147 kishi kompaniyada donor unvoniga ega. Qiyin 2020-yilda, Donorlar kuni 13-aprelda kirib keldi.

Rahbariyat ko’magi bilan Ucell Plaza ofisda ishlashni davom ettirayotgan va sog′lig′i ko′targan xodimlar uchun xayriya qon yig’ish tashkil etildi.

Qon topshirilgan xona oldindan dizinfeksiya qilindi.

Barcha donorlarga ovqatlanish va rejim haqida oldindan ogohlantirildi.

Tibbiyot guruhi barcha zarur dori-darmonlar, anjomlar va sakkizta tibbiy yotoqlar bilan navbatchi avtobusda Ucell Plaza bosh ofisiga yetib keldi. Ishchilar orasida bitta shifokor, uchta hamshira, ikkita laborant, ro’yxatga oluvchilar va sanitarka bor edi.

Shuni ta’kidlash kerakki, qon topshirish paytida barcha donorlar ijtimoiy masofani qat’iyan saqlab borishdi. Kutayotganlar uchun yerda maxsus belgilar qo’yildi.

Vladimir Kravchenko, COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) bosh direktori v.b.:

— Kompaniyaning ijtimoiy mas’uliyatli fuqaro sifatida har doim ijtimoiy loyihalar va xayriya tadbirlarini qo’llab-quvvatlaydi. Qon topshirish ham Ucellning an’anasiga aylangan. Inqirozli vaziyatlarda odamlarning qon topshirishga tayyorligi rag’batlantirar va hurmatga loyiqdir. Bugun biz mamlakatimiz shifokorlarining sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlash muhimligini ayniqsa unutmasligimiz kerak.

Muxabbat Karimova, qon quyish ilmiy izlanish markazida katta hamshira:

— Ucell Kompaniyasi bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilamiz. Har safar bu yerda 80-100 yaqin donorlar qatnashadi. Hozirda donorlar soni bilan qiyinchilik bo‘lgani tufayli, biz murojat bilan Kompaniyaga chiqdik. Vaziyatga qaramay yo‘k demasdan, qo‘llab-qo‘vvatlaganlari uchun Respublika qon quyish markazi rahbariyati, barcha bemorlar nomidan katta rahmat aytamiz.

Natijada, kun yakunida Ucellning barcha departament va bo’shqarmalaridan 53 nafar xodim qon topshirishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq