IT-Markazlar bepul video darslarni joriy qildilar
14.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

IT-Markazlarning asosiy yoʻnalishlaridan biri bu yoshlar va aholining kompyuter texnologiyalaridan foydalanish savodxonligini oshirish, shuningdek, ularga axborot texnologiyalarini oʻrgatishdir.

IT-Markazlar jamoasi hozirgi sharoitga moslashish va sizga ham moslashishga yordam berish maqsadida IT sohasida turli yoʻnalishlardagi video darslarni ishlab chiqishni boshladi.

Mazkur faoliyat karantin sharoitida oʻzini va boshqa odamlarni xavf ostiga qoʻymasdan kompyuter texnologiyalari sohasidagi maʼlum yoʻnalishlarni oʻqishni va oʻrganishni istagan odamlarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirildi.

Hozirgi vaqtda quyidagi yoʻnalishlardagi video darslar tayyor holga keltirilgan:

  1. Adobe Photoshop (oʻzbek tilida 7 ta dars; qoraqalpoq tilida 6 ta dars)
  2. HTMLʼga kirish (3 ta dars, oʻzbek tilida)
  3. HTMLʼda veb-ilovalar (9 ta dars, oʻzbek tilida)

Shuningdek, quyidagi yoʻnalishlardagi video darslar tayyorlanish jarayonida:

  1. MSOffice
  2. SCRATCH
  3. HTML/CSS
  4. Elektron pochtadan foydalanish
  5. Robototexnikalardan foydalanish
  6. Android-ilova ishlab chiqish
  7. Telegram messenjerida ommaviy kanal ochish va yuritish
  8. Antivirus dasturlari
  9. Java
  10. Unity 3D va boshqalar!

Bugungi kunga qadar, IT-Markazlar butun Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab 5000 dan ortiq talabalarni oʻqitdilar va aholining barcha qatlamlariga kompyuter texnologiyalarini oʻrgatish sohasida yaxshi natijalarni koʻrsatdilar.

Video darslarga havolalar:

https://utube.uz/ru/users/7717

https://mover.uz/channel/it-center/

IT-Markazlarning Telegram kanali: @it_center_uz

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq