Yandex O’zbekistondagi o’zini-o’zi izolyatsiya qilish indeksini ko’rsata boshladi
13.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yandex O’zbekistonning barcha katta shaharlarida o’zini-o’zini izolyatsiya qilish darajasini baholay boshladi.

Buning uchun kompaniya  tahlilchilari, 5- balli shkalaga ega maxsus ideksni hisoblab chiqishdi. Ball qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik ko’p odamlar o’zini-o’zi izolyatsiya qilishga rioya qilishmoqda. Indeks Yandex ning asosiy sahifasida va Yandex.Xaritalarda aks etadi.

Indeksni hisoblashda O’zbekiston Yandex ilovasidan foydalanishdagi shaxsizlashtirilgan ma’lumotlar qo’llaniladi. Barcha ko’rsatgichlar yagona shkalaga tushiriladi, qayerda 0 oddiy ish kunlaridek chas pik darajasiga, 5 esa — odatda kechqurunga mos keladigan ko’rsatgich.

Loyihaning sahifasida, mamlakatning yirik shaharlari bo’yicha ma’lumotlarni, shuningdek Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg’ona uchun kunlik gistogrammani ko’rish mumkin. O’sha yerning o’zida shaharlarni o’zini-o’zi izolyatsiya qilishda, ballari bo’yicha taqqoslash mumkin. Ma’lumotlar har kuni yangilanib turadi. Infomerni Yandex va Yandex.Xaritalar asosiy sahifalarida ko’rish mumkin.

Yandex dasturlaridan foydalanish bo’yicha statistik ma’lumotlarga ko’ra, 16-martdan boshlab o’zbekistonliklar ko’chalarda kamroq paydo bo’la boshlashdi.  Xususan, Navigatorda kamroq marshrutlar qurilmoqda, ya’ni odamlarda o’quv muassasalari, idora, ofis va ish bo’yicha harakatlanish ehtimoli kamroq. Shu bilan birga ular yandex.uz da sezilarli darajada ko’proq vaqtni Video va Rasmlar bo’limida o’tkazishni boshladilar.

Xitoy, Italiya va Janubiy Koreya misollari shuni isbotlaydiki, koronavirus bilan kurashishda o’zini-o’zi izolyatsiyalash juda samarali. Biz, Yandex jamoasi, barchani imkon qadar uyda qolishga va o’zini-o’zi izolyatsiyalash rejimiga rioya qilishga chaqiradi. Uyda qolib siz, o’zingiz va yaqinlaringizni qutqargan bo’lasiz.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq