Onlayn ta’lim olish kompyuter dasturi
13.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Dastur web-texnologiyalarga asoslangan masofaviy taʼlim platformasida kurslarga aʼzo boʼlish va onlayn taʼlim olishni tashkil etish uchun moʼljallangan.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

— tinglovchi profili orqali masofaviy kurs ishtirokchilari kurslarga aʼzo boʼladilar va kursga joylashtirilgan elektron taʼlim resurslari orqali taʼlim oladilar.

Bunda tinglovchi dastlab kirish uchun onlayn test topshiradi, soʼng oʼquv rejasi boʼyicha birinchi modulning birinchi mavzusini oʼzlashtiradi.

Mavzu mazmuni video, veb-sahifa, pdf matn, taqdimot, audio va boshqa shakllarda boʼlishi mumkin. Shuningdek, har bir mavzu yuzasidan glossariy, nazorat savollari, foydali manzillar, adabiyotlar kabi qoʼshimcha maʼlumotlar ham berib boriladi.

Tinglovchi matnni toʼliq oʼqimagunicha yoki videoni toʼliq koʼrmagunicha mavzu oʼzlashtirilmagan hisoblanadi, mavzu toʼliq oʼzlashtarilgandan soʼng mavzu yuzasidan mashq taklif etiladi. Mashqni bajarish orqali keyingi mavzuga oʼtish mumkin boʼladi.

Shu tariqa modul tarkibidagi mavzular ketma-ket oʼzlashtiriladi, soʼng onlayn test topshiriladi va keyingi modul faollashadi. Tinglovchi elektron reyting daftarchasi orqali oʼzlashtirish koʼrsatkichlarini tahlil qilib boradi. Onlayn chat (yozishmalar) orqali oʼzini qiziqtirgan savollar bilan moderatorga murojaat qiladi.

Dastur uchun Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 07485 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq