Karantin paytida qiziqarli va bepul onlayn ta‘lim!
13.04.2020
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

E‘tiboringizga karantin paytida yangi bilim olishga va foydali ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradigan bepul onlayn manbalarni taqdim etamiz.

1. One Million Uzbek Coders — to‘rtta dolzarb IT-yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitadigan (Data Analytics, Android-dasturlash, FrontEnd va FullStack) onlayn ta‘lim kurlsari.

Bugungi kunda Respublikamizda keng aholi qatlamini masofaviy maxsus onlayn-portal orqali IT-yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashga yo‘naltirilgan yirik loyiha — “Bir million o‘zbek dasturchi” («One Million Uzbek Coders») loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAA «Dubai Future Foundation» jamg‘armasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda «Udacity.com» xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushurildi.

Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishlarni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), Android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd (frontend) va fullstak (FullStack). Umumiy kurs 120 soatga mo‘ljallangan.

Batafsil: http://uzbekcoders.uz/

2. Online Pre-Accelerator — IT sohasida yangi ish boshlagan tadbirkorlar uchun oʻzbek tilidagi taʼlim dasturi.

Joriy yilning fevral oyida Online Pre-Accelerator birinchi dasturi ishga tushirildi. Kursning maqsadi – yangi ish boshlagan tadbirkorlarga oʻz gʻoyalarini qanday rivojlantirish haqida va bu yoʻlda birinchi qadamlar qanday boʻlishi kerakligi haqida tushuncha berishdir.

Onlayn kurs qisqa va maʼlumotlarga boy mualliflik video darslaridan iborat boʻlib, unda Oʻzbekistonning muvaffaqiyatli tadbirkorlari va mutaxassislar maʼruzalar oʻqishadi va mahorat darslarini oʻtkazishadi.

Kursda oʻtiladigan asosiy mavzular quyidagilar: muvaffaqiyatli jamoani yaratish, loyihani malakali boshqarish, MVP yaratish, bozorni oʻrganish, biznes-reja tuzish, kompaniyani roʻyxatdan oʻtkazish, investitsiyalarni jalb qilish; shunday ekan mazkur dastur mahorat darajasidan qatʼiy nazar hamma uchun foydali boʻladi.

Batafsil: https://online.it-park.uz/

3. Online Open Sessions — xorijiy IT-mutaxassislar hamda mahalliy startapchilar ishtirokida o‘tkazilayotgan onlayn videokonferensiyalar.

IT-Park dan yangi “Online Open Sessions” loyihasi. Mazkur loiyha onlayn tarzda o‘tkazilayotgan videokonferensiya bo‘lib, unga O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlardan taniqli va nufuzli IT-mutaxassislar hamda startapchilar jalb qilingan.

Dasturda o‘rin olgan ma’ruzalarida qo‘yidagi dolzarb masalalar o‘rin olgan: startaplarga ko‘mak berish va rivojlantirish, venchur moliyalashtirish, axborot texnologiyalari va menedjment. Ma’ruzalar Zoom platformasi orqali amalga oshirilmoqda.

Batafsil: https://www.facebook.com/pg/itparkuzb/events/?ref=page_internal

Yangi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ling va o‘z raqobatbardoshligingizni oshiring!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq