Homilaning holatini masofadan turib kuzatish uchun dastur
13.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Dastur uy sharoitida homilador ayol va homilaning holatini masofadan turib kuzatish, ona va homila patologiyasini oʼz vaqtida aniqlash va yuzaga kelishi mumkin boʼlgan perinatal asoratlarning oldini olish hamda zarur tibbiy yordamni koʼrsatish uchun moʼljallangan.

Homilador ayolni maʼlumotli qaror qilishga chorlash paytida paydo boʼluvchi keng tarqalgan muammolardan biri tibbiyot hodimlarining sifatli muloqot va konsultatsiya koʼnikmalariga toʼliq ega emasliklaridir. Shuning uchun asosiy eʼtibor maʼlumotni yaxshi shakllantirib yetkazuvchi, bu bilan ayolga oʼzi tushunib tanlashga imkon beruvchi hodimlarga beriladi.

Dasturning funksional imkoniyatlariga quyidagilar kiradi:

— koʼchma professional tibbiy uskuna yordamida qayd qilingan homilaning yurak urish koʼrsatkichlarini uzatish;

— qayd qilingan yozuvlarni www.obshelth.uz serveriga yuborish, bu yerda malakali shifokorlar homila holatini masofadan turib kuzatishlari mumkin, bu esa onada va homilada turli kasalliklarni erta aniqlash jarayonini toʼliq avtomatlashtiradi;

— homila va homilador ayollardagi patologiyalarni akusher-ginekologlar yetarli boʼlmagan uzoq tumanlarni qamrab olgan holda monitoring va diagnostika qilish.

Dastur bemorlarga maʼlumotni toʼgʼridan-toʼgʼri uydan turib yuborish, natijada vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi.

Dastur uchun Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 07246 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq