Karantin vaqtida Uydaqoling.uz elektron xizmatlari portali yaratildi!
10.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi UZINFOCOM Yagona integratori IT-Park bilan birga karantin vaqtida uydaqoling.uz elektron xizmatlari portalini ishga tushurdi.

Mazkur portalda aholi uchun karantin rejimida eng dolzarb va muhim xizmatlar ko’rsatilgan. Mazkur portal orqali uydan turib barcha xizmatlardan to‘laqonli foydalanish mumkin. Uydaqoling.uz  sayti orqali onlayn tarzda nonushta, tushlik, kechki ovqatlarga buyurtmalar berish yoki mahsulotlarni buyurtma qilish, tibbiy maslahatlar, masofaviy ta’lim olish va hokazo….

Hozirgi kunga qadar portalda 200 dan ortiq xizmatlar o‘rin olgan. Taqdim etilayotgan  internet-xizmatlari kengaytirib borilmoqda.

Bundan tashqari, har bir kishi mustaqil ravishda yangi xizmatlarni qo‘shish uchun maxsus аnketa orqali katalogga taklif  berishi mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq