Hozirgi paytda o’zbekistonliklar OLXda ko’proq nimalarni qidirayotgani aniqlandi
09.04.2020
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

OLX analitiklari foydalanuvchilarning qidiruv so’rovlariga, o’zini o’zi izolyatsiya qilish choralari qanday ta’sir ko’rsatganini taqqosladi va hozirda eng ommabop mahsulotlar ro’yxatini tuzdilar.

Tibbiy niqob, respirator, antiseptik vositalar, termometr va kvarts lampalari online e’lonlar xizmati foydalanuvchilari orasida eng ko’p qidirilgan tovarlar ro’yxatida oldingi o’rinlarni egalladi. So’rovlar soni 5 martaga ko’paydi.

16 martdan 7 aprelgacha bo’lgan davrda “o’yin pristavkasi”, Wi-Fi router, noutbuk va televizorlarni xarid qilishga talab ikki baravarga oshdi, shaxsiy gadjetlar: telefon, minigarnitura va boshqa mayda elektronikaga talab biroz pasaydi.

Oxirgi paytlarda odamlar sport tovarlarini ham ko’proq qidira boshlashdi. Eng ko’p so’rovlar orasida — velosiped, gantel, yugurish yo’lakchasi, samokat va skuterlar bor.

Shu jumladan, uyda bo’lgan paytidan foydalanib uy-joyini ta’mirlash bilan shug’ullanishga qaror qilganlar ham bor. Devor gul qog’ozi (oboi), sement va kafel ham eng mashhur qidiruv so’rovlari orasidan joy olgan.

Hayvonlar orasidan xaski itlari, to’tiqushlar va uy tovuqlariga talab sezilarli oshdi.

Ko’chmas mulk bozorida foydalanuvchilar ko’proq shahar tashqarisida emas, balki shahar ichidagi hovlilarni ijaraga berish e’lonlarini izlay boshladi. Xususan, mehmonxonalar ham uzoq muddatga beriladigan xonalari haqida reklama e’lonlarini joylashtirishni boshladi.

Shuningdek, foydalanuvchilar masofaviy ishlar va kuryer haydovchisi kabi ish o’rinlarini ko’proq qidira boshlashdi.

Bir oy ichida OLX-ga 3 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan. So’nggi davrning eng mashhur funksiyalari orasida, foydalanuvchilarga ularning uylari yaqinidagi e’lonlarni topishga imkon beradigan geolokatsion qidiruv filtri ta’kidlangan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq