Toshkentdagi Yandex.Taxi da “Yetkazish” xizmati paydo bo’ldi
08.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Virus tarqalish sharoitida odamlar gavjum joylardan yiroq yurish va imkon qadar uyda qolish tavsiya etiladi, shaharda taksi va shaxsiy mashinada harakatlanish taqiqlanadi. Ushbu vaziyatda haydovchi va foydalanuvchilarga yordam berish maqsadida, Yandex.Taxi Toshkentda “Yetkazish” xizmatini yo’lga qo’ydi.

Uning yordamida foydalanuvchilar, yaqinlariga kiyim-kechak, oziq-ovqat yoki dori-darmon yetkazishlari, kichik korxonalar esa — o’z mijozlariga buyurtmalarni yuborishlari mumkin. Haydovchilar uchun bu buyurtmalar olish imkoniyatidir.

“Yetkazish”ni Yandex.Taxi ilovasining oddiy safarlar buyurtmasini topish joyining o’zida topish mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun qabul qiluvchining telefoni va manzilini ko’rsatish kerak. Unga saytga havola bilan sms-xabar keladi, qayerda mashinaning marshrut bo’yicha harakatini kuzatish mumkin. Jo’natmani yuborish uchun uni avtomobilga olib borish va haydovchiga topshirish kerak bo’ladi, qabul qiluvchiga esa — chiqish, to’lovni amalga oshirish va olish.

M. Riyoziy va Tashselmash o’rtasidagi yetkazib berish taxminan 7 ming so’mga to’g’ri keladi, Rakat mahalladan N16 shahar kasalxonasigacha — 10 ming so’m. Bu shahardagi eng unumli taklif. Xizmat jo’natmani qabul qilishda to’lanadi va hоzircha faqatgina naqd pul bilan.

Toshkent aholisi uchun shuningdek “Eshikdan eshikgacha” turi mavjud. Uni xohish-istaklarda tanlasa, haydovchi jo’natmani xonadon yoki ofisning eshigi oldidan olib ketadi va eshigigacha yetkazadi. Bundan tashqari sharhlarda kontaktsiz yetkazib berish usulini ko’rsatish mumkin. Ushbu holatda haydovchi zarur narsani ko’rsatilgan manzilgacha yetkazadi va qabul qiluvchining buyurtmani olishi va pulni qo’yishini kutib turadi.

Xizmatni, maxsus o’qivdan o’tgan, shuningdek infeksiya tarqalishi bilan bog’liq profilaktika choralari haqida ma’lumot bilan ta’minlangan, sinalgan haydovchilar ko’rsatishadi.

Yuborishdan oldin narsani konvert, quti yoki paketga o’rash zarur. Yetkazma mashinaga sig’ishi va 20 kilogrammdan og’ir bo’lmasligi kerak. Masalan, haydovchi bilan chamadon, xujjatlar, narsalar joylashgan paketni yetkazish mumkin. Velosiped, kir yuvish mashinasi, torsher — mumkin emas.

Yandex.Taxi bepul ilovasi iOS va Android uchun o’zbek, rus va boshqa tillarda bepul mavjud.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq