Sog’liqni saqlash vazirligi obyektlari o’rtasida videokonferensaloqa tashkil etildi
07.04.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bugungi kunda mamlakatimizda karantin tartibidagi obyektlarda, xususan, yangi barpo etilayotgan shifoxonalar hududlarida telekommunikatsiya xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Barchaga ma’lumki shifokorlarning ishida real vaqtda o’zaro maslahat va ma’lumot almashinish imkoniyati katta ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan, “O‘zbektelekom” AK qisqa vaqt ichida respublikamiz bo‘ylab 87 ta Sog’liqni saqlash vazirligi obyektlari hududida videokonferensaloqa xizmatini tashkil etdi.

«O‘zbektelekom» AK aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash uchun, shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar doirasida telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq