Maktabgacha yoshdagi bolalarni karantin vaqtida o‘qitish
06.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mamlakatimiz va dunyo hamjamiyati uchun murakkab bo‘lgan shu davrda Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim olishini davom ettirishlari muhimligini yaxshi anglaydi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Milliy teleradiokompaniya yordamida ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga tizimli, foydali va rivojlantiruvchi ta’lim berishda uslubiy yordam sifatida «Onlayn bolalar bog‘chasi» dasturini ishlab chiqdi. U o‘z ichiga quyidagi ta’lim loyihalarini qamrab oladi:

— «Ilk qadam» — 3-5 yoshdagi bolalar uchun;

— «Aqlvoy» — 6 yoshdagi bolalarni maktabgacha tayyorlash uchun.

Loyihalar nimalarga bag‘ishlangan?

20-25 daqiqalik ushbu videolavhalar «Ilk qadam» va «Aqlvoy» davlat dasturlari negizida tayyorlangan. Har bir mashg‘ulot mavzusi maktabgacha yoshdagi bolani rivojlantirishning 4-5 soha: atrof olamni o‘rganish, ijodiy va ta’lim olish, nutq va mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishni qamrab oladi:

«Ilk Qadam» — bu:

— quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya;

— interfaol o‘yin shaklidagi ingliz tili mashg‘uloti;

— mental arifmetika va matematik hisob asoslari;

— yosh sayyoh (mitti do‘stlarimiz uchun O‘zbekistonning qadimgi shaharlari haqida ko‘rsatuvlar to‘plami);

— mitti yordamchi (oshxona taomlari tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari);

— logoped bilan mashg‘ulot.

«Aqlvoy» — bu:

— MTT pedagoglari va milliy qahramonlar (Amir Temur, Zulfiya, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Tamaraxonim) ishtirokidagi bolalar ta’lim ko‘rsatuvlari;

— mahorat sinflari;

— uy sharoitlarida amaliy tajribalar.

Mashg‘ulotlarni qayerda tomosha qilish mumkin?

TELEVIDENIE

1-apreldan boshlab «Bolajon» telekanalida dushanbadan jumagacha soat 8:00 dan 16:00 gacha.

INTERNET

Onlayn-mashg‘ulotlar quyidagi internet-resurslarda joylashtiriladi:

— MTV rasmiy sayti: http://Mdo.uz

— Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC4FSqnbmdHr3Jzcms…

— instagram: @mdo.uz (https://instagram.com/mdo.uz)

— facebook: @mtv.gov.uz (https://www.facebook.com/mtv.gov.uz/)

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq