Kompyuter o‘yinlarning eyuk yaratuvchisiga aylanishni xohlaysanmi?
06.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Unda o‘z kuchingni GameDev Goethe nomli loyihasida sinab ko‘r!

GameDev Goethe — O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Gyote Instituti hamda IT-Park tomonidan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha. Loyihaning asosiy maqsadi — kompyuter o‘yinlarni yaratishda endigina birinchi qadam qo‘yyotgan ixtirochilarga ko‘mak berish.

GameDev Goethe loyihasida ishtirok etadiganlar nimadan yutadi? Ular qo‘yidagi afzalliklarga ega bo‘ladi:

— bebaho tajriba va bilimlarga ega bo‘lish;

— mutaxassislar yordamida qisqa vaqt ichida oʻz oʻyinni yarata olish va tayyor oʻyinni o’z shaxsiy portfolioga qo‘shish;

— GameDev boʻyicha Oʻzbekistondagi yetakchi mutaxassislaridan muntazam ravishda maslahatlar olib borish;

— Oʻzbekistondagi birinchi Oʻyin ajumanida minglab ishtirokchilar oldida oʻz oʻyinni namoyish etish va qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiritish;

— buyurtma olish yoki oʻyinlar ishlab chiqish sohasida ish topish uchun oʻzlarini oʻyin dasturchilarining roʻyxatiga qoʻshish;

— oʻz oʻyinni Google Play, Apple AppStore onlayn doʻkonlarida joylashtirish va uni reklama qilish uchun mablagʻ olish imkoniga ega bo‘lish.

Loyihada ishtirok etish esa mutlaqo bepul!

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 15-aprel!

Shoshiling, joylar cheklangan!

GameDev loyihasida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://forms.yandex.ru/u/5e4ceb134e61cc0182f13739/

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq