Oʻzbekistonda kiber sport boʻyicha onlayn turnir – «Adrenaline Online Cyber Cup» oʻtkaziladi
04.04.2020
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2020-yil, 16-apreldan 18-aprelga qadar IT Park va Adrenaline Rush O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida hamkorlikda FIFA и Counter Strike:GO boʻyicha kibersportga oid onlayn turnir tashkil qilmoqda.
Turnir butun jahonga mashhur FACEIT platformasida Qozogʻiston Respublikasi serverlarida boʻlib oʻtadi.
Turnirning birinchi kuni Counter Strike:GO boʻyicha oʻyinlar chorak finalgacha davom etadi, ikkinchi kuni esa bo3 olimpiya tizimi boʻyicha chorak finallardan boshlanadi. Uchinchi kun ishtirokchilarni ikkita Grand final va uchinchi oʻrin uchun ikkita match kutadi.
FIFA matchlari guruhlarga boʻlinadi. Guruhlar tizimi ishtirokchilar soni boʻyicha belgilanadi.
Bundan tashqari, IT Parkʼning rasmiy YouTube kanalida matchlar translatsiyasi ham tashkil qilib boriladi.
Sovrin fondi 60 000 000 soʻmdan iborat!
Sovrinli oʻrinlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Counter Strike:GO
- 25 mln. soʻm
- 15 mln. soʻm
- 10 mln. soʻm
FIFA
- 5 mln. soʻm
- 3 mln. soʻm
- 2 mln. soʻm
Turnir gʻoliblari sovrinlarni jamoa sardori yoki oʻyinchisiga tegishli debet kartaga mablagʻni oʻtkazish yoʻli bilan olishadi.
Turnirda respublikamizning qaysi burchagida yashashidan qatʼiy nazar, mutlaqo barcha qatnashishi mumkin. Muhimi, ishtirokchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlsa kifoya.
Turnirning markaziy matchlarini Oʻzbekiston kibersport olamida yaxshi tanilgan ekspertlar: Danil “VATKA” va Sergey “Greed” sharhlab boradilar.
Arizalarni qabul qilishning oxirgi sanasi: 2020-yil 14-aprel
Turnirning boshlanish vaqti: 16-aprel,14:00
Registratsiya uchun havola: http://esport.itcenter.uz/