“COVID-19” ga chalingan bemorlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkoni yaratildi
04.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Sog‘liqni saqlash vazirligi ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asoslanib, fuqarolarimizning har bir murojaati e’tibordan chetda qolmasligi, ularni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash yo‘lida astoydil harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda koronavirus infeksiyasini tarqalishining oldini olishda ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida obyektiv va ishonchli ma’lumot bilan ta’minlash, aholini qiziqtirgan savollariga javob berib borish maqsadida vazirlik tomonidan 1003 qisqa raqamli Call-markazi ishga tushirilgan edi.

Shuningdek, kechagina fuqarolarning savollariga tibbiy asoslangan javoblarni berishga qaratilgan “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ hamkorligida onlayn telegram bot ishga tushirilgani haqida xabar berdik. Bugun esa bemorlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkoni yaratilgani to‘g‘risida aytmoqchimiz.

“COVID-19 “ bilan kasallanganlar mamlakatimizning qaysi hududlaridan, ular ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida davolanishni boshlashlaridan avval qaysi joylarda bo‘lishgan, ehtiyot choralarini ko‘rish uchun ular bilan muloqot ehtimolini qanday bilish mumkin?

Ushbu savollarga javob berish maqsadida vazirlikning COVID-19 bo‘yicha rasmiy sayti (http://coronavirus.uz)da “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ hamkorligida yangi funksiya yaratildi, ya’ni, birinchisi, saytda kasallik qaysi hududlarda tasdiqlanganini ifoda etuvchi xarita bilan tanishish mumkin.

Ikkinchisi esa, ushbu xarita ostida “Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning epidemiologik marshruti” tugmasini bossangiz bemorlarning shifoxonaga kelishlaridan avval qayerlarda bo‘lganliklarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarni olgach, ehtiyotkorlik yuzasidan bu hududlarga bormaslikka harakat qiling, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! Shifokorlarga chin dildan yordam bermoqchi bo‘lsangiz, uyda qoling!

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolardan ishonchli va to‘laqonli ma’lumot olish uchun 1003 qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilishlari hamda vazirlikning rasmiy sayti (www.minzdrav.uz) va telegram kanali (t.me/ssvuz), COVID-19 bo‘yicha rasmiy sayti (http://coronavirus.uz), “coronavirusyordam” telegram bot kanalidan foydalanishlarini tavsiya etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq