Ucelldan milliard bepul daqiqalar
02.04.2020
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

COSCOM MCHJ (Ucell savdo belgisi) uyali aloqa operatori mutaxassislari abonentlar o’z uylarini tark etmasdan, xavfsiz qolishlari uchun, har kuni yanada ko’proq tadbirlar, tariflar va maxsus takliflarni yaratishni davom etmoqda.

27-martdan boshlab #UydaQoling xizmati bilan besh kun davomida bir millionga yaqin Ucell abonentlariga tarmoq ichidagi chiqish qo’ng’iroqlari uchun 1000 daqiqa, O’zbekiston bo’yicha 1000 SMS-xabarlar va 100 megabayt Internet-trafik bepul taqdim etildi. Ehtiyoj vaqtida, milliard daqiqalar.

Mehmondo’st, barg′ri keng va saxovatli O’zbekiston xalqi uchun karantin oson sinov emas. Ammo barchamiz ushbu tadbirlar birinchi navbatda bizni o′ylab amalga oshirilayotganini tushunamiz. Karantin ijtimoiy chetlatish uchun sabab bo’lmasligi uchun, Ucell abonentlariga ko’plab qulay tariflarni taklif etmoqda. Favqulodda vaziyatlarda oila bilan aloqada bo’lish juda muhimdir. #UydaQoling xizmati sizga maqul kellganidan va aloqangizni yanada qulaylashtirganimizdan xursandmiz.

Foydalanuvchilarning qulayligi uchun masofadan turib xizmat ko’rsatish tizimi joriy etildi va yangi tariflar yaratildi.

Biz Ucell Kompaniyasi tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng sifatli tarafi har yerda har bir inson uchun mavjud bo’lib, foyda keltirishiga intilamiz.

Yangi tariflar haqida batafsil.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq