Koronavirus bo‘yicha telegram-bot ishga tushirildi
02.04.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Uzinfocom Yagona integratori bilan birga koronavirus infeksiyasi bo‘yicha Coronavirus Yordam nomli Telegram-botni ishga tushirdi.

Telegram-botga havola: @coronavirusYordamBot.

Telegram-bot orqali fuqarolar onlayn rejimida koronavirus infeksiya bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida shifokor tomonidan konsultatsiyani olish imkoniga ega.

Ta’kidlash joizki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholiga, tashkilotlarga va tadbirkorlik sub’ektlariga salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha ham qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Shulardan biri, aholini koronavirus (COVID-19) bo‘yicha va O‘zbekistonda koronavirus tarqalishini oldini olishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ob’ektiv va ishonchli ma’lumot bilan ta’minlab borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi call-markazining 1003 qisqa yagona raqami va rasmiy veb-sayti — http://coronavirus.uz/uz ishga tushuridi.

Shu bilan birga Vazirlik Uzinfocom Yagona integratori hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birga tashkil qilingan rasmiy — http://coronavirus.uz/uz veb-sayt orqali koronavirus (COVID-19)ni aniqlash bo‘yicha dastlabki testni topshirish imkonini yaratdi.

Telegram-bot ishga tushurilishi bilan aholi uchun yanada qulaylik yaratildi: endi fuqarolarimiz call-markaziga murojaat qilgan paytida telefon qung‘irog‘iga javob kutmasdan bevosita bot orqali murojaat qilishlari va tezkor yordam olish imkoniyati yaratildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq