Karantin vaqtida startapchi nima bilan shugʻullanishi mumkin?
02.04.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

“IT Park Uzbekistan”ning onlayn-loyihalari toʻplami

Dunyoning juda koʻp qismida karantin joriy etilgan va koʻplab mamlakatlarda oflayn kurslar, maktablar, OTMʼlar va shu kabi taʼlim maskanlari vaqtinchalik yopilgan boʻlsa-da, biz sizga umidsizlikka tushmaslikni va oʻziningizni yanada rivojlantirish bilan shugʻullanishni maslahat beramiz! Ayniqsa, agar siz axborot texnologiyalari bilan qiziqsangiz yoki boshqalarga bogʻliq boʻlmaslik uchun oʻzingizning shaxsiy startapingizni yaratmoqchi boʻlsangiz unda bu maslahat aynan siz uchun. Bundan tashqari, IT-ixtisosliklari va IT-biznes tobora koʻproq bozorlarni egallab bormoqda, mutaxassislarning taʼkidlashicha, butun dunyoning kelajagi aynan axborot texnalogiyalariga bogʻliq!

IT-Park oʻz faoliyatini 2019-yil 24-iyulda boshladi va oʻz faoliyati davomida turli sohalarda, E-commerceʼdan boshlab AgroTechʼgacha boʻlgan 12 ta startap-jamoani yetishtirdi, koʻrik-tanlovlar, hakatonlar, vorkshoplar, mitaplar va shu kabi oʻnlab loyihalarni amalga oshirdi, Oʻzbekistondagi eng yirik IT-konferensiyalardan biri – “StarTTech” konferensiyasini tashkillashtirdi. Hozirgi kunda tashkilotda 23 ta startap jamoasi oʻqitilmoqda, shuningdek onlayn tartibida ishtirok etish mumkin boʻlgan koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda, jumladan:

1) One Million Uzbek Coders – ancha vaqtdan buyon dasturlash kurslariga yozilishni istardingiz-u, ammo bunga qoʻlingiz tegmadimi? Unda mana bu toʻrtta eng muhim yoʻnalishlar – Maʼlumotlar tahlili, Android-dasturlash, FrontEnd-dasturlash va FullStack-dasturlash boʻyicha IT-mutaxassisliklarni oʻqitish uchun bepul onlayn platforma siz uchun.

Mazkur loyiha Oʻzbekistonda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Dubai Future Foundation” fondi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT-maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Kurslar oʻzbek tilida olib boriladi. Ikkinchi bosqichdan oʻtgandan soʻng, imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish mumkin boʻladi, imtihon natijalariga koʻra platformaning eng yaxshi 150 nafar talabasi oʻqishlarini davom ettirish uchun Udacity (Microsoft) ning Nanodegree grantlarini qoʻlga kiritishadi.

Roʻyxatdan oʻtish: uzbekcoders.uz

2) Online Pre-Accelerator –  IT sohasida yangi ish boshlagan tadbirkorlar uchun oʻzbek tilidagi bepul taʼlim dasturi. Onlayn kurs qisqa va maʼlumotlarga boy mualliflik video darslaridan iborat boʻlib, unda Oʻzbekistonning muvaffaqiyatli tadbirkorlari va mutaxassislar maʼruzalar oʻqishadi va mahorat darslarini oʻtkazishadi.

Kursda oʻtiladigan asosiy mavzular quyidagilar: muvaffaqiyatli jamoani yaratish, loyihani malakali boshqarish, MVP yaratish, bozorni oʻrganish, biznes-reja tuzish, kompaniyani roʻyxatdan oʻtkazish, investitsiyalarni jalb qilish; shunday ekan mazkur dastur mahorat darajasidan qatʼiy nazar hamma uchun foydali boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtish: online.it-park.uz

3) Open Sessions – IT sohasida ish olib boradigan yoki shunchaki bu sohaga qiziqadigan barcha ishqibozlar uchun Zoom platformasidagi ochiq maʼruza-konferensiyalar. Dastur butun karantin davomida amal qiladi, sessiyalar doirasida Oʻzbekiston, Hindiston, Rossiya va boshqa mamlakatlar mutaxassislarining maʼruzalari boʻlib oʻtadi.

Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/yZ79Z9oGDJ1ibUBV6 (birinchi maʼruza – 1 aprel)

4) Quarantine Cup – ikki yoʻnalish – FIFA va Counter Strike: Global Offensive boʻyicha kibersport onlayn-turniri, 2020-yil 26-28 aprel kunlari boʻlib oʻtadi. Turnirda har kim ishtirok etishi mumkin, shuningdek ikkala yoʻnalish boʻyicha ham uchta sovrinli oʻrinlar mavjud.

Roʻyxatdan oʻtish: http://esport.itcenter.uz/

5) Startup Advice – Oʻzbekiston Venchur Investitsiyalash Assotsiatsiyasi bilan birgalikda tashkil etilgan “baxtli soatlar” loyihasi, unda har kim oʻz loyihasi boʻyicha video-qoʻngʻiroqlar orqali IT-Parkning yetakchi mutaxassislari oldida taqdimot oʻtkazishi va qimmatli maslahatlar olishi mumkin. Aksiya seshanba kuni soat 16:00 dan boshlab amal qiladi.

Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/AoRtmbiUC2pjz6gc8

6) Open Online Pitch – Oʻzbekiston Venchur Investitsiyalash Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan har haftalik ochiq onlayn-pitchlarga (investorlar oldida taqdimotlar oʻtkazishga) bagʻishlangan qoʻshma loyiha. Loyiha doirasida, startap asoschilari oʻzlarining startaplarini ochiq onlayn shaklda mahalliy va xorijiy venchur investorlarga, venchur fondlari vakillariga va biznes-farishtalarga taqdim etishlari mumkin.

Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/f7pR8uQGSJxajmVV9

7) Startap Yangiliklar – Oʻzbekiston Venchur Investitsiyalash Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda yaratilgan investitsiyalar, startaplar, axborot texnologiyalari, innovatsiyalar va marketing toʻgʻrisidagi oʻzbek tilidagi podcast-loyiha. Ushbu platforma nafaqat yangiliklarni namoyish etish, balki Oʻzbekistondagi startap loyihalari oʻrtasida tajriba almashish uchun ham xizmat qiladi.

Kanal: https://t.me/joinchat/AAAAAEg_TNfZ6K2SG1ZISA

Nashr uchun: https://forms.gle/f66THBuaXEfZvg2F9

Karantindan yangi bilimlar orttirib chiqishni xohlaysizmi? Hammasi oʻz qoʻlingizda!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq