CPL Carb obʼyektga yoʼnaltirilgan dasturiy taʼminot toʼplami
02.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Dastur beton himoya qatlamining karbonizatsiyalanishini hisobga olgan holda temir-beton konstruktsiyalarining xizmat qilish muddatini aniqlash hamda binolar va gidrotexnik inshootlardagi beton himoya qatlami qalinligining oʼrtacha qiymatini aniqlash uchun moʼljallangan.

Himoya qatlamini karbonizatsiyalash – bu eng keng tarqalgan universal agressiv taʼsir boʼlib, tabiiy muhitda ishlaydigan gidrotexnik inshootlarning temir-beton konstruktsiyalariga taʼsir koʼrsatadi. Uning mohiyati shundan iboratki, atmosferada oʼrtacha 0,03%li konsentratsiyadagi karbonat angidrid tarqaladi, sirt va gʼovak tizimi orqali temir-beton konstruktsiyasiga chuqur kirib boradi va beton himoya qatlamining kalsiy gidroksidi va kaustik ishqorlari bilan oʼzaro bogʼlanadi. Uning cheklovchi omili himoya qatlamining yupqa gʼovakli beton tarkibidagi karbonat angidridning singish tezligidir; jarayon asta-sekinlik bilan konstruksiyaning sirt qatlamlaridan armatura ichkarisiga oʼtadi.

Betonning tashqi qatlami temir-beton konstruksiyalardagi armaturani korroziyadan himoya qiladi va armatura va betonning birligini taʼminlaydi. Zoʼriqqan armatura uchun betonning himoya xususiyatlarini yoʼqotishi juda xavfli boʼlib, gidroinshootni ekspluatatsiya qilish davrida korroziya temir-beton konstruktsiyasining toʼsatdan qulashiga olib kelishi mumkin.

Gidroinshootlarni turli ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish sharoitlari loyihalash bosqichida beton himoya qatlamining qalinligini hisoblash zarurligini koʼrsatadi. Bunday hisob-kitob gidrotexnik inshootlarni ekspluatatsiya qilish bosqichida temir-beton konstruktsiyasining holatini taxmin qilish bilan bogʼliq.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

— gidrotexnik inshootlarning elementlari boʼlgan beton konstruktsiyalari himoya qatlamining karbonizatsiyalanishini hisoblash;

— xizmat koʼrsatish muddatini va bino elementi himoya qatlami qalinligining oʼrtacha loyiha qiymatini aniqlash.

Dastur uchun Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 07647 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq