O‘ZKOMNAZORAT: Onlayn xarid va uyga mahsulot buyurtma qilishda xushyor bo‘ling!
01.04.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Karantin sharoitida firibgarlarning keksa yoshdagi odamlarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini volontyor sifatida tanishtirib uyga turli mahsulotlar yetkazib berishda yordam taklif qilayotgani va qariyalarning ishonchiga kirib ularning elektron hisob raqamlaridan mablag‘ yechib olish holatlari kuzatilmoqda.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi fuqarolardan volontyorlar bilan suhbatlashganda xushyor bo‘lishni, iloji boricha O‘zbekistonda rasman davlat ro‘yxatidan o‘tgan ishonchli yetkazib beruvchi korxonalar xizmatlaridan foydalanishni, oldindan to‘lovni yoki uning ma’lum qismini o‘tkazib bermaslikni, SMS orqali kelgan maxfiy kodni oshkor etmaslikni tavsiya qiladi.

Shuningdek, firibgarlarning Internet orqali joylashtirgan tibbiyot buyumlari, niqoblar, antiseptik vositalar, koronavirusni tekshiradigan test kabi mahsulotlar sotilishi haqidagi yolg‘on xabarlarga aldanib, ularga qo‘ng‘iroq qilmaslik zarurligini eslatadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq