XTV tomonidan taqdim etilgan teledarslarga Kundalik tizimidan kirish imkoniyati mavjud
31.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi 30-martdan uchta televizion kanalda videodarslarni namoyish etishni boshladi.

OOO Uzdigital TV abonentlari quyidagi kanallarda darslarni koʻrish imkoniyatiga ega:

  • 1-4-sinflar uchun National Geographic kanalida;
  • 5-8-sinflar uchun Eurosport kanalida;
  • 9-11-sinflar uchun “Oxota i ribalka” kanalida.

Shuningdek, videodarslarni uzoq aholi punktlari uchun qoʻshimcha kanallar orqali yer usti sunʼiy yoʻldoshlari tomonidan uzatish yoʻlga qoʻyiladi.

Shu bilan birga, kabel IP-televideniye abonentlari Mediabay.uz kanalidagi televizion darslarini tomosha qilishlari mumkin.

Kundalik raqamli platformasi jamoasi sizga ushbu havoladagi ”Masofaviy taʼlim” boʻlimi materiallaridan foydalanishni taklif qiladi. Ushbu https://kundalik.com/soc/networks/n1000000032540 manzilida “Fayllar” boʻlimiga yuklangan videodarslar bilan birga karantin davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi amaldagi zaruriy hujjatlar ham joylashtiriladi. Ushbu guruhni ixtiyoriy foydalanuvchi “Muloqot”-“Tarmoqlar” boʻlimiga oʻtib, topish mumkin.

Videodarslar, shuningdek,  TAS-IX tarmog’ida Xalq ta’limi vazirligi, YouTubening O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi kanalida va telegram kanalida https://t.me/uzeduonlinemaktab ham mavjud.

Xalq taʼlimi vazirligi har hafta www.uzedu.uz rasmiy veb saytida, onlayn-maktab taʼlim portalida va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida videodarslar jadvali toʻgʻrisida aholini xabardor qilib boradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq