O‘zkomnazorat: firibgarlar faolligi tufayli shoshilinch qarorlar qabul qilmang!
31.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Markaziy bankining koronavirus pandemiyasi oqibatida tijorat banklari tomonidan kreditlarning to‘lov muddatlarini uzaytirish tartibi xamda plastik kartalar muddati bo‘yicha bayonoti e’lon qilindi.

Firibgarlar ushbu vaziyatdan foydalanib kredit olgan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari vakillariga, plastik kartalar egalariga qo‘ng‘iroqlar qilishi, messenjerlar va elektron pochta orqali xabarlar jo‘natishi kabi holatlar kuzatilyapti.

Bunday xabarlarda foydalanuvchilarga ularning kreditlar muddatini ma’lum bir foiz hisobiga uzaytirish hamda muddatlari tugayotgan plastik kartalarni to‘lov rekvizitlarini xamda kodlarini so‘rab uni evaziga yangi plastik kartalarni kuryer orqali yetkazish kabi xizmatlarni taklif qilish holatlari kuzatilmoqda.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi bu kabi holatlar kuzatilganda fuqarolardan albatta xushyor bo‘lish, plastik karta bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor etmaslik, telefonda so‘zlashayotganda suhbatdoshni diqqat bilan tinglash, xulosa qilishga shoshilmaslik, qo‘ng‘iroq qilgan odamning kimligini surishtirish, kichik bo‘lsa-da shubha uyg‘onganda ham suhbatni davom ettirmaslikni tavsiya qiladi. Kredit to‘lovi boshqa hisob raqamidan amalga oshirilishi haqida yoki yana boshqa shunga o‘xshash yolg‘on axborotlarga ishonib firibgarlarga aldanib qolmang.

“O‘zkomnazorat” DI plastik kartalar egalari, kredit to‘lovchi fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’ektlari vakillariga bugungi kunda tijorat banklari tomonidan yaratilayotgan murojaatlarni masofaviy qabul qilish tizimlari, banklarning veb-saytlaridagi interaktiv xizmatlardan foydalanish, rasmiy manbalar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olish mumkinligini eslatib o‘tadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq