Toshkentdagi Amiti Universitetida qabul boshlandi
30.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shaxridagi Amiti Universitetida bakalavriat va magistraturaga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

Hujjatlarni topshirish onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Buning uchun birinchi navbatda, anketani onlayn ravishda to’ldirilib, hujjatlarni universitetning veb-saytiga joylashtirish kerak.

Ikkinchi navbatda, kerakli hujjatlarni tayyorlash:

— 3,5 x 4,5 hajmdagi fotosurat (fotorasm yaqinda olingan bo‘lishi kerak);

— Pasportingiz nusxasi;

— IELTS sertifikatining nusxasi;

— O’rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘qiganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, diplom yoki o’qish to’g’risidagi hujjat nusxasi.

Izoh: Agar abiturient hujjatlarini topshirish vaqtida o’qiyotgan bo’lib, unda o’qiyotganligi to‘g‘risida ma‘lumotnoma hozir mavjud bo’lmasa, hozirgi vaqtda ta’lim olayotgan o‘quv muassasa karantin rejimidan so‘ng o‘z faoliyatini tiklaganidan keyin hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qabul komissiyasi barcha hujjatlarni ko’rib chiqadi va kirish uchun barcha munosib nomzodlarni xabardor qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq