IT-Park masofaviy ish tartibiga oʻtadi
30.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bir necha kundan beri butun dunyo boʻylab odamlar koronavirusning tarqalishi bilan bogʻliq vaziyatdan juda qattiq tashvishlanmoqdalar. Mamlakatimiz ham bundan mustasno emas.

Davlatimiz virusning yangi turini tarqalishiga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda va fuqarolarning xotirjamligini saqlab qolish va ularning xavfsizligini oshirish uchun aholimizga maksimal darajada yordam berishga harakat qilmoqda.

Shunga asosan, davlatimiz tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarning barcha xodimlarini 2020-yil 20-aprelgacha taʼtilga yuborish yoki masofaviy ishlash tartibiga oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilindi.

IT-Park ham xodimlari masofadan turib ishlay boshlaganlar roʻyxatiga kirdi. Bugungi kunda IT-Park masofadan turib ishlash bilan ham oldingidek surʼatda faoliyat olib bormoqda.

Biz toʻxtamoqchi emasmiz va butun dunyoda va mamlakatimizda kuzatilayotgan hozirgi vaziyatning kelib chiqishidan oldin qanday ishlagan boʻsak hozir ham xuddi oʻshanday gʻayrat bilan ishlayapmiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq