IT Park va Oʻzbekiston venchur investitsiyalash Assotsiatsiyasi “Startap-yangiliklar” nomli yangi loyihani ishga tushirmoqda
27.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

IT Park Oʻzbekiston venchur investitsiyalash Assotsiatsiyasi, Universal Bank va Centil advokatlik firmasi bilan hamkorlikda investitsiyalar, startaplar, axborot texnologiyalari, innovatsiyalar va marketing haqidagi “Startap -yangiliklar” nomli axborot-yangilik poskast loyihani ishga tushirmoqda.

Platforma nafaqat yangiliklarni uzatish, balki Oʻzbekistondagi startap-loyihalar orasida tajriba almashishga ham xizmat qiladi.

Bundan tashqari, loyiha doirasida startaplar asoschilari nashr uchun oʻz startaplari haqidagi maʼlumotlarni quyidagi havola boʻyicha yuborishlari mumkin: https://forms.gle/f66THBuaXEfZvg2F9

Podkast yangiliklarga manba sifatida: techcrunch.com, crunchbase.com, vc.ru, techinasia.com, rusbase.ru va internet tarmogʻida IT sohasiga oid xabarlarni olish boʻyicha eng yaxshi hisoblangan boshqa yetakchi platformalar xizmat qiladi.

Kerakli havolalar:

Telegram: (https://t.me/joinchat/AAAAAEg_TNfZ6K2SG1ZISA)

Youtube: (https://www.youtube.com/channel/UCggfIl9XfGMjTH95gD23Now) castbox: (https://castbox.fm/ch/2712809)

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq