Toshkent shahridagi Inha universiteti masofaviy ta’lim tizmiga o’tdi
25.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’tgan hafta davomida universitet mutaxassislari Inha Universiteti talabalari uchun TAS-IX zonasidagi video ma’ruzalarni istalgan vaqtda yozuv shaklida tomosha qilish imkoniyatini beradigan yangi platformani sinovdan o’tkazdilar.

2020-yil 16-mart kuni O’zbekison Respublikasida karantin e’lon qilinganligi tufayli Toshkent shahridagi Inha Universiteti rahbariyati uchrashuvi bo’lib o’tdi, unda talabalar uchun maxsus masofaviy ta’lim tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Universitet mutaxassislari qisqa vaqt ichida masofadan ta’lim berish platformasini — IUT-DES «IUT Distance Education System»» ni yaratdilar. Bunday tizim o’qituvchilarga masofadan turib ta’lim berish imkoniyatini beradi: tayyorlangan video ma’ruzalar va taqdimotlar yuklatilgan bo’lib uni talabalar o’zlari istagan qulay vaqtda ko’rishlari mumkin bo’ladi.

“Platformani ishlab chiqish jarayonida biz viloyatlarda istiqomat qilivchi talabalarda har doim ham Internet tezligi yuqori emasligini hisobga olganmiz.

Shu sababli biz darslarni onlayn olib borish amaliy emas deb qaror qildik; biz ularni video yozuvlar shaklida yuklaymiz. Shuningdek, Universitet ma’lumot markazining imkoniyatlaridan foydalangan holda biz tizimni TAS-IX zonasiga joylashtirdik, unga ko’plab provayderlar bepul kirish imkoniyatiga ega. Tizimga kirish uchun har bir talaba shaxsiy login va parolidan foydalangan holda avtorizatsiya qiladilar», dedi Toshkent shahridagi Inha universiteti Axborot- Kompyuting Markazi (AKM) rahbari Kanat Sembiev.

Universitet auditoriyalaridan birida video ma’ruzalarni yozish uchun maxsus studiya jihozlangan. O’qituvchilarimizga yanada qulay sharoit yaratilgan bu studiyada, ularning ko’plari o’zlarining ma’ruzalarida oq doska va proektorlardan foydalanib tayyor bo’lgan video darslarni platformaga yuklaydilar.

«O’tgan hafta barcha test ishlari olib borildi. 21-martdan boshlab Universitet o’qituvchilari veb-saytga kerakli tarkibni yuklay boshladilar. Shuningdek, mutaxassislar tizimga hududlardan, xususan Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridan kirish imkoniyatlarini sinab ko’rdilar. Hammasi barqaror ishlamoqda. Jarayon davomida biz platformaning ishlashini ham kuzatib boramiz», dedi AKM rahbari.

Eslatib o’tamiz, 17-mart kuni Toshkent shahridagi Inha Universiteti v.b rektori Muzaffar Djalalovning buyrug’i bilan 80% Universitet hodimlari masofadan turib ish jarayonini bajarishmoqda va ayrimlari mehnat ta’tiliga chiqarilgan. O’qituvchilar haftasiga bir necha marta Universitetga video ma’ruzalarni yozish uchun kelishmoqda. Bazi o’qituvchilar oq doskalar va proektorlardan foydalanishga hojat yo’qligi sababli masofadan video materiallar yozib jonatishmoqda. Shuni ham ta’kidlash joizki, Universitetimizning 30% tashkil etuvchi xorijiy o’qituvchi-professorlari O’zbekiston hududini tark etmagan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq