“O‘zbekiston pochtasi” AJ ma’lum qiladi
25.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«O’zbekiston pochtasi» AJ tomonidan mamlakat ichidagi shaharlararo pochta almashinuvi o’ziga tegishli avtotransport va «O’zbekiston Havo yo’llari» kompaniyasining havo transporti (Termiz, Nukus, Urganch) orqali amalga oshirilar edi.

O’zbekistonda koronavirusning tarqalishi natijasida «O’zbekiston Havo yo’llari» kompaniyasining havo transporti orqali Respublikamizning (Termiz, Nukus, Urganch) shaharlariga o’z parvozlarini to’xtatgan. Shu munosabati bilan «O’zbekiston pochtasi» AJ pochta jo’natmalarini yuqoridagi shaharlar yo’nalishlari bo’yicha o’zinig qo’shimcha avtotransporti orqali amalga oshirishni yo’lga qo’ydi. Bu o’z navbatida pochta jo’natmalarini shu yo’nalishlarda kechikishlarga sabab bo’lishi mumkin. Bunda pochta jo’natmalarini etkazilishini uzluksiz amalga oshirilishi ta’minlanadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, «O’zbekiston pochtasi» AJ yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so’raydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq