“One Million Uzbek Coders” va Nanodegree grantini qoʻlga kiritganlar roʻyxati
25.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“One Million Uzbek Coders” loyihasi – bu IT-mutaxassisliklariga oʻqitish uchun ishlab chiqilgan bepul onlayn platformadir.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Dubai Future Foundation” jamgʻarmasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomli IT-maktab bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha ixtisoslashgan onlayn portal orqali keng aholi qatlamiga bepul masofaviy taʼlim berishga asoslangan.

Dasturning maqsadi – raqamli texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar avlodini tayyorlash, ularni barcha vositalarga – dasturlash koʻnikmalariga ega boʻlishini taʼminlash.

Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng koʻp talabga ega boʻlgan toʻrtta ixtisoslikni qamrab oladi: Maʼlumotlar tahlili, Android-dasturlash, FrontEnd-dasturlash va FullStack-dasturlash. Umumiy kurs 120 soatlik mashgʻulotlarga moʻljallangan. Har bir bosqichning yakunida laboratoriya ishlarini tayyorlash va tegishli sertifikatlarni olish koʻzda tutilgan.

Ushbu platforma 2019-yil 21-noyabr kuni ishga tushirilgan edi va 120 soatlik mashgʻulotlardan soʻng, 2020-yil 1-mart kuni barcha oʻquvchilar birinchi imtihondan oʻtdilar.

Umuman olganda, imtihondan oʻtish uchun dasturning 116 nafar ishtirokchisi roʻyxatdan oʻtgan edi. 51 nafar talaba keyingi bosqichga oʻtish imkoniyatiga ega boʻldi.

Grant asosida oʻqish uchun keyingi bosqichga oʻtgan ishtirokchilar roʻyxati:

uzbek-coders-scholarship-winners

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq