IT-Park TUZ Ventures bilan birgalikda Oʻzbekistonning startap-bozori boʻyicha hisobot tuzadi
25.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

“IT Park Uzbekistan” va “TUZ Ventures” texnologiya sohasidagi startaplarning rivojlanishini ragʻbatlantirish maqsadida hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Asosiy eʼtibor FinTech yoʻnalishiga, logistika, elektron tijorat va sunʼiy intellektga qaratiladi. Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim doirasida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi startap-bozorining hozirgi holati toʻgʻrisida tahliliy hisobot ishlab chiqmoqdalar.

IT-Park – bu istiqbolli startap-loyihalarni ishga tushirish va bozorga olib chiqishni taʼminlash uchun moʻljallangan obʼyektlar, bino va inshootlar majmuasi, IT-kompaniyalar uchun eksterritorial erkin iqtisodiy hudud, shuningdek, ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassalari bilan keng koʻlamli hamkorlik olib boradigan tashkilotdir. U IT sohasidagi faol va iqtidorli insonlar buxgalteriya sohasi, yuridik soha, marketing sohasi va taʼlim sohasida taqdim etiladigan yordam hisobiga oʻz gʻoyalarini haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega boʻladigan joydir.

TUZ Ventures – Markaziy Osiyoda joylashgan dastlabki texnologik venchur kapital fondi. Jamgʻarmaning maqsadi – XXRʼning “Kamarlar va yoʻllar” tashabbusining qoʻllab-quvvatlashi tufayli mintaqada roʻy berayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarni amalga oshirishdir. TUZ dunyo miqyosidagi tadbirkorlar bilan va tajribali venchur kapitalistlar va mahalliy mutaxassislar jamoasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi va bunda ularning yashirin salohiyatlarini ochib berishni va ushbu ulkan imkoniyatdan foydalanib xalqaro miqyosdagi kompaniyalarni yaratishni koʻzlaydi.

TUZ Silikon vodiysidan boʻlgan, Indoneziya va Nigeriya kabi chegara bozorlarida, boshqalar bu bozorlarga eʼtibor bermagan bir vaqtda, bir qator muvaffaqqiyatlarni qoʻlga kiritgan tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan. TUZ asoschilari juda yuqori darajadagi muvaffaqiyatlarga boy tarixga egalar va ular AQSh, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikada LPʼning qonuniy bazasini yaratdilar va u yerda Savanna fondi IRRʼning 33 foizini taʼminladi.

“TUZʼning fikricha sogʻlom texnologiyali startaplar ekotizimiga uchta kuchli ustun kerak: startap asoschilari, investorlar va vositachilar. Biz ekotizimni rivojlantirish boʻyicha IT-Parkning ulkan saʼy-harakatlari bilan qoʻllab-quvvatlanayotgan oʻzbekistonlik startap asoschilarida katta imkoniyatlar mavjudligini koʻrib turibmiz. Biz ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun jahon tajribasi va sarmoyasini jalb qilgan holda bu jarayonning bir qismi boʻlganimizdan mamnunmiz. Biz samaradorlikka erishish niyatidamiz va ishni barcha manfaatdor tomonlarga chuqur tahlilni taqdim etishdan boshlaymiz”, dedi TUZ Ventures asoschilari Fabio Ribeyro va Herve Edongo.

“IT Park Uzbekistan” Oʻzbekiston Respublikasida raqobatbardosh startap-ekotizimni yaratishga intilmoqda. “IT Park Uzbekistan” iqtisodiy oʻzgarishlarni jadallashtirish, IT sanoatining rivojlanishini tezlashtirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun bir qator innovatsion vositalar va yangi yondashuvlarga ega boʻlgan tashkiliy platformani taqdim etadi.

TUZ Ventures fondi bilan yoʻlga qoʻyilayotgan mazkur hamkorlik IT-Park uchun Oʻzbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha oʻzining innovatsion strategiyasini tezlashtirish va amalga oshirish uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq